Fransiyada dam olish
FRАNSIYA
Fransiyaga borish har bir kishining eng ezgu orzusi. Ushbu Yevropa davlati ulkan arxitektura imoratlari va butun dunyoga dongʼi ketgan milliy taomlari bilan mashhur.
Fransiya poytaxti – Parij dunyodagi eng goʼzal shaharlardan biri. Sena daryosining xushmanzara qirgʼoqlari, Notr-Dam-De-Pari, Uygʼonish davriga oid muhtasham qasrlar, Parij timsoli – Eyfelь minorasi, Luvr muzeyi – bular Parijning diqqatga sazovor joylarining hali hammasi emas. Modalar markazi Parijda har mavsumda aql bovar qilmas kiyim-kechaklar oldi-sotdisi oʼtkaziluvchi koʼp sonli doʼkon va butiklar mavjud. Yam-yashil Lyuksemburg bogʼi boʼylab sayohat, daryo tramvayida Sena sohillaridagi kechki sayr, manzarali joylarni piyoda borib koʼrish Fransiya haqidagi taassurotlaringizni yanada boyitishi aniq. Davlat Shengen hududida joylashganligi sababli Yevropa boʼylab haqiqiy marafon uyushtirishingiz mumkin. Yengil mashina buyurtma qilgan holda siz hech bir toʼsiqsiz Italiya, Shveytsariya, Ispaniya, Germaniya va boshqa bir nechta Yevropa davlatlariga borish imkoniyatiga egasiz.
Fransiyada dam olish qahva va vanilning xushboʼy hidi, bogʼ oʼsimliklari va sershovqin sohillarning shitirlashi, mayin daryo shamoli va oʼrta asrlarga oid qasrlarning mahobati bilan singib ketgan. Frantsiyaga fevralь, may, iyun, iyul, avgust va sentyabrь oylarida tashrif buyurganingiz maʼqul.
Fransiyaga safar nafosat va noziklik, madaniy hordiq va Yevropa tarixi bilan shaxsan tanishishni istagan sayyohlar uchun toʼgʼri tanlov.