Belarusda ajoyib sanatoriylar

BELАRUS

Belarus – qadimiy va buyuk, qudratli Radzivillar vatani, Buyuk Litovsk knyazligining bir qismi. Odamlar hali hamon ushbu davlatning toʼgʼri nomlanishi haqida bahs yuritadilar, shu bilan birga, uning yutuqlarini sanashdan charchashmaydi. Nima boʼlgan taqdirda ham uni chin dildan sevishadi. Va u bunga arziydi: goʼzal tabiat, koʼplab yodgorliklar, arzon narxlar, ochiq va mehribon insonlar…

Belarusda ajoyib sanatoriylar joylashgan boʼlib, u yerga siz ota-onangizni bexavotir joʼnatishingiz mumkin. Sanatoriylarning deyarli barchasi oʼrmon va daryolar bilan oʼralgan, u yerda sayr qilish, tabiat qoʼynida tinchlik va osoyishtalikdan bahra olish, hayot haqida fikr yuritish va shovqin shahar tashvishlarini vaqtincha unutishingiz mumkin. Keng koʼchalar uning tarixidan soʼzlab turadi, tor shagʼalli koʼchalar, XVI asrga oid qasrlar Yevropa nafasini his qilishingizga undaydi. Shuningdek, bu oʼsha hech kimni befarq qoldirmaydigan yupqa taxtachalar yasaluvchi qishloqchalardir!