Yangi yil sovg‘asi — bolalar uchun sherlar

Yangi yil sovg‘asi


Orif  To‘xtash




Hamma tomon oppoq qor,


Yer oq ko‘rpa ostida –


Mizg‘ib yotar intiq, zor


Bahoroyning vasliga.



Borliqni xo‘p allalab,


Ko‘kdan o‘ynab qor tushar.


Qiyqirishib bolalar –


Bunda chana tortishar.



O‘ynashadi qorbo‘ron,


Zavqi baland, shashti zo‘r.


Atrof bеg‘ubor biram,


Nashidasi, gashti zo‘r.



Qor tagidan mo‘ralar


Daraxtlarning novdasi.


Har bir bola ko‘nglida


Qorboboning sovg‘asi!