Kuz fasli haqida sherlar

Kuz fasli haqida sherlar


Kuz fasli haqida matnlar


Oltin kuzim


Asom Ziyomat


Mevalarni


Shakar etding,


Yaproqlarni


Sim-zar etding,



Oltin kuzim.


To’kin-sochin


Dala-yu bog…


Dehqonlarning



Dimog’i chog’,


Saxiy kuzim.


Kuz


Tursunboy Adashboyev



Yana xazonrezgilik,


Bog’lar rangi siniqdi.


Dilda hokim ezgulik,


Anhorda suv tiniqdi.



Oq yaktakli qayinlar


Taqdi yana zar baldoq.


Qushlarga gap tayinlab,


Chag’-chag’laydi zarg’aldoq.



Ufq orti lolagun,


Daraxtlardan rang olar.


Xayrlashib kuz bugun,


Sochar oltin tanghalar.


So‘nggi yaproq


Dilshod Rajab


Daraxtning bir


Butog‘i


Tutib turar


Yaproqni



Qo‘llarida


Avaylab.


Nogoh kelar yel


Poylab.



Tortqilay boshlar


Yulqib,


Daraxt qaltirar


Dir-dir.



…Ey to‘ymas yel —


Quv, baxil,


Rahm qil-da,


Bu, axir



Shir yalong‘och


Daraxtning


Qolgan so‘nggi


Chaqasi.


erkatoy.uz