Adiblar xiyoboni haqida sherlar Yoʻq, men oʻlgan emasman! Yoʻq, men oʻlgan emasman!Umrim buyuk piyola, hali toʻlgan emasman.Men yashayman bolamda, ekib qoʻygan dalamda,Dami sinmas qilichda, uchi oʻchmas qalamda.Agar bogʻlar gullasa, demak, bogʻbon oʻlmapti,Agar charogʻ porlasa, ha… Charogʻbon oʻlmapti,Agar qanot qoqilsa, demak, shunqor oʻlmapti,Agar gʻazal yozilsa, demakki, yor oʻlmapti…Agar qoʻnsa nurlari, demak quyosh yashaydi,Yoʻlda yolgʻiz boʻlmasam, demak yoʻldosh yashaydi…Eshitdimki, suratim mashhurmish Fargʻonamda,Demakki, men oʻlmapman, oʻlmaslik peshonamda!..Yoʻq, men oʻlgan emasman!RUHUstoz Shayxzoda xotirasigaTugʻilganda men yigʻladim – kuldilar.Men endi jim! – Yigʻlashadi xoʻp ular.Oppoq yuzim, qonsiz yuzim, jonsiz tan,Aʼlo toʻnim – oppoq kafan.Tebranadi, uh!.. Uzlatning beshigi,Bordir uning na tuynugi, eshigi.Bora-bora qisqaradi soʻng yoʻlim,Iskandarday ochiq borar, eh, qoʻlim!..Bu odamlar nega muncha shoshadi?!Menda alam toshadi!..Oʻrgatishib mahshargacha sabrga,Vujudimni qoʻyishadi qabrga.Tebranadi mungli–mungli oyatlar,Tebranadi ming–ming yillik odatlar,Tebranadi kallalar,Tebranadi oppoq–oppoq sallalar,Tebranadi tengdoshlarim saflari,Notiqlarning biyron-biyron gaplari…Shoshmang-shoshmang! Tosh qoʻymangiz ustimga,U ogʻirlik qilur bugun jismimga,Tiriklikda xoʻp toshlarni koʻtardim,Toshlar qadar koʻzyoshlarni koʻtardim!..…Tarqaldilar… Yarim tunda turaman,Asta–asta, koʻlankadek yuraman.Avlodlardan umidimni uzmayman,Ammo,Tinchin buzmayman.Uzoq-uzoq tilsiz boqib turamanVa ularning har birida koʻraman:Quvonchimni, alamimni,Qoʻlimdagi qalamimni,To hanuzam yonib turgan shamimni.…Tun –Kirarkan kafanimning rangiga,Quloq solib tiriklikning zangiga,Men koʻnglimni zoʻrgʻa uzib ketaman,Tong otarda maskanimga yetaman,Maskanimga!Maskan…Ha…Maskan… Ha… Iloyo, ustozning maskani jannatdan boʻlgay. Omin! Sherlar 40 1 2 3 4 5 Жалоба 3 0 19-02-2024, 12:20