Yonimda doim parvona boʻlgan,
Betob bo‘lsam boshimda turgan.
Koʻz yoshlarim kulgi ortidan sezgan,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.
Ne boʻlganda ham men tushungan,
Qoʻpolligim ortidan koʻp og‘ringan.
Ketganida juda o‘rni bilingan,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.
Yuragimning bir parchasi,
Kutaraman uni zardasin,
Hecham ozor koʻrmasin,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.
Berolmasam-da mehrimni,
Sochib yana zahrimni,
Qoʻllagan doim zehnimni
Jonimning huzuri, jonimdir opam
Birga yig‘lab, birga kulganmiz,
Bir uyda o‘sib-o‘nganmiz,
Doimo bir tarafda turganmiz,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.
Kamola Burxonova
pmt.uz