Hazil she’rlar

TURG‘UNBOY

Ish axtarib Turg‘unboy

Necha kunki sarsondir.

Omadining teskari

Yurishidan hayrondir.


Yo‘qsa, bajo qilingan

Barcha tartib-qoida!

Hujjatlari bir talay,

Propiska joyida.


Qayga borsa keling, deb

Xushnud qarshi olishar.

Lekin suhbat so‘ngida

O’ylanishib qolishar.


— Afsus, afsus, — deyishar,.

Tag‘in bir oz kutgaysiz,

Va’da bergan bo‘lsak gar

Bizni ma’zur tutgaysiz.


Ish axtarib Turg‘unboy

Necha kunki sarsondir.

Omadining teskari

Yurishidan hayrondir.


Turg‘unboyga shum taqdir

Sira shafqat qilmaydi.

Pora beray, der, ammo

Usulini bilmaydi.


Tik turgancha boshliqqa

Shikoyatin so‘zladi.

Ko‘rgan-kechirgan barcha

Hikoyatin so‘zladi.


Dedi: — Aybim nimadir,

Bilolmayin hayronman.

Shu mushkulning chorasin

Qilolmayin hayronman.


Boshliq uzoq o‘yladi,

Hujjatlarni varaqlab.

So‘ng xazina topganday

So‘z boshladi charaqlab:


— Hujjatlar-ku joyida,

Tuppa-tuzuk jismingiz.

Faqat bir gap: bizlarga

To‘g‘ri kelmas ismingiz.


Afsus, qayta qurishning

O’tmabsiz yo‘llarini.

Turg‘un ismi eslatar

Turg‘unlik yillarini.


Turg‘unboyning nogahon

Yorishdi o‘ksuk dili.

— Bor-yo‘q aybim shumi, — deb,

Kalomga keldi tili.


Dedi: — Nainki ismim,

Olamdan ham tonurman.

Ismim Turg‘unboy emas,

Mayli, Urg‘unboy bo‘lsin.


Urg‘unboyga munosib

Vazifani topdilar.

Turg‘unlikning yana bir

Sahifasin yopdilar.


Majlislarda endi u

Fursat poylab turadi.

Ur, desa bas, Urg‘unboy

Duch kelganni uradi.

1987


Abdulla Oripov



SHOIR

(Hazil)


E’lon ossang agar biror shaharda,

Esi butun odam kerak deb shu on.

Taloto‘p bo‘lgandek ro‘zi mahsharda,

Yopirilib kelardi odamlar g‘ujg‘on.


E’lon ossang agar shaharda shu kun,

Jununvash, devona kimsaga doir.

Tarqab ketar edi qolganlar, butun,

Faqat qolar edi «œU men», — deb, shoir!..

1989


Abdulla Oripov


ADMIN VA BURGA HAQIDA BALLADA

Yaqin o’tgan zamonda, allaqaysi tomonda,

Odam bilmas bu zamin yashar ekan sisadmin.

Eski kompi yonida o’ltirarkan erta kech,

Viruslar-u yuzerlar tich qo’ymaslar uni hech.

Xatto ba’zi vaqtlar ovqat yemas, ichmas choy,

Bosh qashlashga yo’q fursat, tanlamaydi uyqu joy.

Shunday kunlar birida ko’z qizargan, qorin och

Bosh qashladi sisadmin:

(Po’stak bo’lib ketgan soch).

Monitorda hayoli, bir qo’l sichqon qidirar,

Birida boshdan tolgan kichik burga pitirar.

Sisadminga burgani chaqqani qildi alam,

Jon qayg’usi ostida tilga kirdi burga ham


— Ey odamzod bolasi! Tingla burga nolasin!

O’ldirmagin oshnajon, bolam yetim qolmasin!

Quloq solgin bir nafas, ko’p sirlarni bilaman,

Qo’yib yubor sochingga, ho’p yahshilik qilaman:»


Bunda xayron sisadmin, yelkasini uchirar

Spikerlar ovozin goh ko’tarib tushirar.

Esi og’ib sisadmin virtual deb o’ylaydi,

Monitorga anqayib o’z-o’ziga so’ylaydi:

— Ont ichaman, Windowda bunday xato bo’lmagan,

Hattoki Bill Geyts ham bunday burga ko’rmagan.

Kasperskiy viruslari ichida yo’q bundog’i,

Internetda ko’p ishlab aqldan ozdim chog’i…


O’ylanadi sisadmin, tinmay boshin qashlaydi

Kelolmay bir qarorga burga ko’nglin g’ashlaydi.

Ohir dedi, «Chidolmasman burgalar ko’z yoshiga,

Boshqa halal berma,» — deb qo’yib qo’ydi boshiga:


Kun o’tqazib sisadmin kelar ishxonasiga,

Ko’rib eski kompini urar peshonasiga.

— Eh, axmoqman, o’zi men, omad kelsa bilmabman!

Hech bo’lmasa yangi komp talab qilib olmapman!

O’sha tilla burgani mendan jonga qarzi bor,

Qolaversa issiq joy, oshu-nonga qarzi bor.


Bosh qashlaydi sisadmin, izlar tilla burgani,

Topsa tilab tilagin davru-davron surgani.

Bosh dabdala bo’lgan chog’ tirnoqlarning kuchiga

Burga kelib qo’nadi qoq burunning uchiga:

Deydi: «Ey olampanoh! Keching zarra qonimni,

Menga bergansiz panox, asragansiz jonimni.

Ne sabab bosh qashlaysiz? Menning dilim g’ashlaysiz?

Tilang tilagingizni! Ne savdolar boshlaysiz?!»


Admin deydi xo’rsinib: «Burga, tushun holimni,

O’zing menga yordam qil istasang kamolimni.

Kompyuter eskirgan, xuddi siniq arava,

Xotirasi yo’q hisob, ichi chigal kalava.

Vinchesterni ichiga in qurgan bad sektorlar

Viruslarni domiga tushib qo’lgan vektorlar.

Windowsni o’ylama, ishlar faqat MS-DOS,

Har bitta bayt hisobda. Ishonmaysan aytsam, do’st.

Hullas, menga Burgajon, bitta yordam berasan,

Menga atab super zo’r kompyuter terasan!

Yo’q deyishga shoshilma, sexrlisan, bilaman,

Yordam qilsang bir umr senga qulluq qilaman!»


Burga deydi: «Mayli siz aytganizcha bo’ladi

Tashvish qilmang, sovg’amdan xo’p ko’nglingiz to’ladi».

Shunday deb bir sakradi Burga burun ustida,

Birdan shovqin boshlandi Sisadminning ostida.

Kayfi o’char sisadmin, atrof tuman chang-to’zon,

Toza havo buzilgan, ko’z ochirmaydi bo’ron.

Bir oz o’tib sisadmin asta kelar o’ziga,

Bo’ron tingach, qarasa… Ishonmaydi ko’ziga:


Qarshisida yaltirab turar super terminal

To’rtta CPU! Cheksiz RAM! Xammasi original!

Og’zi ochiq sisadmin, hol qolmagan turgani

Yodga kelmas «Yo Rahmon», unutvorgan burgani.

Shundan buyon sisadmin ishlab sira tolmaydi

Qo’llar ikki sichqonda boshin qashlay olmaydi.

Kun o’tdimi yoki tun farq qilmaydi sisadmin,

Unut bo’lgan bu hayot, unut bo’lgan bu zamin.


Shunday kunlar birida kelib fikr boshiga

Urib qoldi sisadmin yag’ir peshonasiga:

— O’zi yaxshi bolamanu, aqlim oqsab qoladi

Ahir qaysi sisadmin mendek maosh oladi,

Erta-yu kech yuzerlar tegib ketar jonimga

Xar tomondan vuruslar tashna qilar qonimga.

Bir tomonda eski modem, tezlik sira oshmaydi

Ahir bunday internetda kimda sabr toshmaydi?


Bosh qashlaydi sisadmin izlar tilla burgani

Topsa tilab tilagin davru-davron surgani.

Bosh dabdala bo’lgan chog’ tirnoqlarning kuchiga

Burga kelib qo’nadi qoq burunning uchiga:

Deydi «Ne gap? Ey do’stim, nega boshing qashlaysan?

Nega holing parishon, mening dilim g’ashlaysan?!


Admin deydi xo’rsinib: «Burga tushun holimni

O’zing menga yordam qil istasang kamolimni».


Shunday deya sisadmin dardin to’kib soladi

Burga esa tilagini inobatga oladi.

Burga sakrab joyidan ko’tarilar chang to’zon

Bo’lgan o’zgarishlarni bizga aytmoqqa oson.


Sisadminning bitta ham tarmog’ida yuzer yo’q,

Antivirus kerak emas viruslardan ko’ngli to’q.

Bill Geytsning o’zi unga dastur yozib beradi,

O’sha Linus Torvalds drayverlar teradi.

Hatto mashhur IBM unga qaram ishlaydi

Dam olganda virtual Alyaskada qishlaydi.

Bir yonda 3D qizlar puldan gullar dastalar

Yonida virtual Bax unga qo’shiq bastalar.

Xullas kalom ishlar besh, davron surar sisadmin

Xatto uning nomiga o’tkazildi bu Zamin.

Shunday… Qaxramonimiz, ishlamaydi, tolmaydi,

Qo’llar botgan oltinga, boshin qashlay olmaydi.


Bir kuni kayf holiga fikr kelib boshiga

Urib qoldi sisadmin yana peshonasiga.

Endi boshi qashlamas. Chaqiradi burgani

Ko’tarilgan burnida yana uni ko’rgani.


Burga kelar bag’ri hun, holi qurigan butun,

(toza joyda yashashdan ne foyda burga uchun?!)

Iltimosni unutgan, sisadmin do’q qiladi

Burnidagi burgani oyog’idan iladi:

-Endi burga, oshnajon, xamma ishni bilasan

Bugun bitta maslahatli vazifani qilasan.

Yalinmoqlik burgaga obro’yimga xos emas,

Yana bundan tashqari turqimiz ham mos emas.

Xatto chidab kelganmiz, yashasang ham boshimda,

Endi qo’lni qovushtirib turgin mening qoshimda.

«Vinchestering» eskirgan, hotirangga ishonch yo’q,

«Birdan o’lib qolsa» deb bo’lolmaydi ko’nglim to’q.

Xullas, Burga, oshnajon, sirni menga aytasan!

Shunda yana boshimga eson omon qaytasan.


Burga deydi: Ey gumroh, ko’ngling neni istaydi?

Rost. Orzuga ayb yo’q! Faqat kulgim qistaydi.

Mayli deydi, sen aytgan xar ish bo’lsin iloyim,

Faqat, shoxni gadodan qarz qilmasin Hudoyim.


Shunday deya sakradi Burga admin qo’lida

Faqat qoldi chang-to’zon uning ketgan yo’lida.

Tuman tushib olamga, ko’kni bulut qopladi,

Bo’ron bo’lib, yog’ib do’l, xammayoqni bopladi.

Ko’z ocholmas sisadmin ko’zga xas-cho’p tiqilgan

Quyun ilib oyog’in, bir chekkada yiqilgan.


Ko’kda chaqmoq tinadi… Bulut chetga qochadi…

Quyosh bilan sisadmin asta ko’zin ochadi…


Atrof jim-jit, sokinlik… Zulmatga botgan zamin…

Eski kompi yonida o’tiribdi kal admin…


Ayo do’stlar kulmangiz, Sisadminning holiga

Toki tushib qolmaylik biz uning axvoliga!



Manbaa: www.osiyo.uz


P.S bu faqatgina hazilomus she’r, har bir narsadan bir hikmat olamiz deb umid qilaman, InshaAlloh 

Hazil she’rlar


DO’STLAR SEROB BO’LIB QOLADI

DOMLALARHAM QO’LING OLADI

QALBDA QUVONCH YOG’DU SOLADI

STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

DASTURXONDA NOZ NEMAT BISYOR

LAGANLARDA ISSIQ PALOV BOR

HAMMOLLIKNI QIB QOLASAN OR

STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA


O’TGAN KUNLAR UNUT BO’LADI

QIYINCHILIK YODI SO’NADI

MUHABBATDAN QIZLAR O’LADI

STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA


SHIMING SILLIQ KUYLAGING SILLIQ

ETIBORLAR SENGADIR ILIQ

CHIQIB QOLAR ORTIQCHA QILIQ

STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA


ISMING QISQA AYTMAYDI BIROV

SENGGA YORDAM BERMAGAN TUNOV

BIRODARDIR UNUTILIB YOV

STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA


TELEFONNI JIRING JIRINGI

YOQIB QOLAR QIZLAR XIRINGI

CHANG BOSADI HAR KITOBINGNI

STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA


DARSINGNI BIROV QILADI

SO’ZLARINGNI DONO BILADI

HAMMA AYTGAN SO’ZING ILADI

STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA


DUSHMANLARING DOSTLARDEK SAF SAF

XARAJATDAN DO’STIM YO’QDIR NAF

QO’YGIN PULING ERTAGA ASRAB

STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA



UZUN KUYLAK TEZDA YO’QOLAR

KALTA KOFTA O’RNINI OLAR

YUPKALARHAM TIZZADAN TEPA

QOLIBSIZLAR TEZ O’ZGARIPA


MEN DEGANI MANGGA AYLANDI

MODNI BOLMOQ UCHUN SHAYLANDI

OYNA UZRA O’ZGA BOQIBDI

SIZGA SHAHAR JUDA YOQIBDI


BITSA SHERLAR SIZNI AXTARIB

ATAYSIZLAR UNI DEB XARIP

OSHIQLARGA BERARSIZ BUYRUQ

ASLIDASIZ SHUNCHAKI QURUQ


QOSH KO’ZLARNI BO’YABSIZ BIRAM

KESIB SOCHGA BERIBSIZ STAM

QANI SUMBUL SOCHU OYDAY YUZ

SO’ZIZDAHAM QOLMABDIKU TUZ


OCHIQ OYOQ TUFLILAR BALAND

BOSHQALARNI QILMAYIN PISAND

QANI O’TLI NIGOH SO’Z ILIQ

UNDAN KO’RA BO’LDIZ BEQILIQ


HOL SO’RAMAY OTA ONADAN

HOL SO’RAYSIZ G’IRT BEGONADAN

UY ISHLARI BO’LADI UNUT

TILIZ BIYRON QILMAYIN SUKUT


SHU AHVOLMI BU QANDAYIN HOL

SIZDA BITTA ILTIMOSIM BOR

QO’YING SHAHAR KO’RMANG QIZLARJON

YO’QOLARKAN QALBIZDA VIJDON


YOLG’ONCHI SHER



Bor ekanu yo’q ekan,

Och ekanu to’q ekan.

Qadim o’tgan zamonda,

Tog’-u toshlar tomonda.

Bor ekan ko’p hayvonlar,

Tog’da o’ynar jayronlar.

Olmaxon shosha pisha,

Goh daraxt,yerga tusha.

Yong’oq,meva to’playdi,

Ayiq suvdan ho’playdi.

Qushlar ham sho’x-u shodon,

Qidirishmoqdalar don.

Ilon sichqon ovlaydi,

Quyon yerni kovlaydi.

Chumoli ham serg’ayrat,

Toshbaqa qilar hayrat.

Oftobda uxlar yo’lbars,

Bo’ri yo’lbarsdandir qarz.

O’rmonda ishlar qizg’in,

Arilar ham olmas tin.

Shunday serg’ayrat kunda,

Ovga chiqmoqchi tunda.

Ko’rshapalaklar uxlar,

Sharsharada suv bug’lar.

Hamma to’kganida ter,

Inida uxlardi sher.

U erur xo’p dangasa,

Doim shirin go’sht yesa.

Uning g’ami aslo yo’q,

Bo’lsa doim qorin to’q.

Deyishadi uni shoh,

Bu nomga keltirdi dog’.

Xullas bu sher yalqovdir,

Panjalari doim kir.

Shunday qilib yoz o’tdi,

Yoz ketidan kuz o’tdi.

Bo’ldi beshavqat ayoz,

Sher der: bo’lsa koshki yoz.

Sovuqdan titrar panja,

Chidaydi iloj qancha.

Olmaxon mazza qilib,

Mevalardan ham to’yib.

Issiq inida yotar,

Sumalaklar ham qotar.

Bechora sher azobda,

Bo’lsa yemak shu tobda.

Boribdi u g’or tomon,

Ammo u yer xo’p yomon.

Chunki yashaydi ayiq,

Orzusi minmoq qayiq.

Sher aldabdi ayiqni,

Va’da qilib qayiqni.

O’tkazib g’orda qishni,

Qo’yib tishiga tishni.

Qushlar sayrabdi nahor,

Chunki kelibdi bahor.

Uyg’onib o’rmon ahli,

Ilonning kelib zahri.

Sher ham bu paytda uyg’oq,

Kayfiyati juda choq.

Hoy sher ayiqdan hayiq,

Berishing kerak qayiq.

Ayiqqa to’qib zo’r yolg’on,

Borgin debdi soy tomon.

U yerda bordir qayiq,

Tezroq borgin ey ayiq.

Ayiq ishonib unga,

Tushibdi uzoq yo’lga.

Sher juda ham xursand,

O’ziga beribdi tan.

Mazza qilib go’sht yebdi,

Yana yolg’on so’z debdi.

Yaqinda kelar ovchi,

U sizlarni yemoqchi.

O’rmon ahli norozi,

U sher o’zidan rozi.

Bir kun sher sayr qilib,

Bir ajib yerga kirib.

Ko’zi tushib buzoqqa,

Tushib qolib tuzoqqa.

Xullas qissadan hissa:

Yomonlik qilmang zinhor!

Mehnatkash yaxshi bo’ling,

Ezgu istakka to’ling.

Sher bo’lsin sizga ibrat,

Xayr bo’ling salomat.

Zamonaviy sevgi izhori:


Xayolimdasan uyquga qadar,

Xayolimdasan uyg’onsam sahar.

Hatto tushlarimda ko’raman seni

Shirin tushlarimga qo’shasan zahar!



Sizgacha ham quyosh bo’lgan oy bo’lgan

Sizgacha ham ne-ne ohu kol’z bo’lgan.

Bino qo’ymang o’zingizga ey, suluv,

Yalmog’iz ham bir payt sizday qiz bo’lgan


Garchi shuncha mag’rur tursa ham,

Ayoliga egilar erkak.

Shunday ekan manmanlik nechun,

Ularga riyo nimaga kerak.?


Kamtarin bo’l ayol,

Bir qadam chiqma ostonangdan.

Erkak zotin bilmaysanda,

Erib ketar «Hop» so’zingdan.



Dunyo ekan….

Pul degan savdo

Bormi faqat mening boshimda.

Kimni yemas bul azob,

Kim ishlamas mening yoshimda…

Boylik ilk bor tushdiyu qalbga,

Hayotimning bo’ldi mazmuni.

U tanamga berib shijoat,

Ko’zlarimdan oldi uyquvni. 


Oldi butun fikru hayolim,

Ketdi dildan orom halovat.

Boylik butun borimni olib,

Bitta ko’ylak qoldirdi faqat.  


Borliq olam ko’zimga ming ming,

G’aflatga to’la ko’rindi.

Gullar menga boyligimning,

Shodalari bo’lib ko’rindi.  


Ayb etmangiz,

Do’stlar, bu savdo

Bormi faqat mening boshimda.?

Kimni etmas bu ko’ngil shaydo,

Kim xazil qilmas mening yoshimda.  



Ko’tarishib tugunlarini,

Kirib keldi uyga sovchilar…

So’zga chechan, avrashga usta,

Bir oz ayyor, bir oz lofchilar…!

Choy ichishgach bir piyoladan,

So’z ochishdi Kuyov boladan,!

Musichaday beozor yuvvosh,

Tili shirin zo’r Qaynonadan…!!!


Qiz boladur palaxmon toshi,

Men nima ham qila olaman…

Kelin bo’lay, bor alamimni,

O’sha bezoridan olaman…


Zar xunarmand mulla deyishdi,

G’irt bezori bolalarini,

Obro’sini ro’kach qilishdi,

So’ng ammayu xolalarini…


Erkagina jayron edima,

Tillo zanjir solib ketishdi,

Aylantirib Onam boshini,

Meni boshim bog’lab ketishdi…!


Qiz boladur palaxmon toshi,

Men nima ham qila olaman,?!

Kelin bo’lay, bor alamimni,

O’sha bezoridan olaman.


Y. Usmonova

«xato chunmelayu lekin uyimga keladigan odamlani orqasidan suv sepvoraman…(qaytib kemasin dib)  

«


Bo’lmaydi…

Futbolchi bilan hakamning o’rtasida gap-gashtak bo’lmaydi,

Nazoratchi hakamda hushtak bo’lmaydi.


Shifokorda butsa bo’lmaydi,

Grandlarni yutsa bo’lmaydi.


Erta bahorda hazon bo’lmaydi,

Stadionlarda yaxshi gazon bo’lmaydi.


Xonaki gul chamanda bo’lmaydi,

Homiy yo’q shaharda komanda bo’lmaydi.


Mumtoz musiqada «œbas» bo’lmaydi,

Qizg’anchiq futbolchida pas bo’lmaydi.


O’tovda «œfortochka» bo’lmaydi,

Laynsmenda kartochka bo’lmaydi.


Butsa yoki krassovkada poshna bo’lmaydi,

Futbolchi bilan hakam oshna bo’lmaydi.


Sababsiz «œshtarf» bo’lmaydi,

Sotilgan hakam betaraf bo’lmaydi.


Yem yemagan molning eti bo’lmaydi,

Sotilgan hakamning beti bo’lmaydi.


«œPaxtakor» bilan «œBunyodkor»ni yutib bo’lmaydi,

Yutib bo’lsa ham jadvalda ulardan o’tib bo’lmaydi

(Yoki hakamlardan yaxshilik kutib bo’lmaydi)


Penaltini hushtaksiz tepib bo’lmaydi,

Bir darvozabon bilan darvozani butkul yopib bo’lmaydi.


Futbolchi shoshilmasa offsayd bo’lmaydi,

Offsayddan kiritilgan gol qayd bo’lmaydi.


O’yinda ikkita to’p bo’lmaydi,

Poytaxt stadionlarida odam ko’p bo’lmaydi.


O’yin tugamasa bitta golga quvonib bo’lmaydi,

Futbolchining pasportiga ishonib bo’lmaydi.


Oq ayig’i bo’lmasa u — Arktika bo’lmaydi,

Hujum unutilsa bu — taktika bo’lmaydi.


Muallif: Rustam Sulaymonov


Manba: «œStadion» gazetasi



Tilshunos qiz


Tilshunos qiz mendan qiziq savol so’rading,

Hayotimdan qo’shma gapga misol so’rading.

Ushbu savol qarshisida turib qoldim lol,

Lekin dilda kechdi shunday bir shirin xayol.


— Ey tilchi qiz, bog’lovchisiz bog’lading meni,

Sen qo’shma gap bo’lmoqlikka chog’lading meni.

Bizlar asli alohida sodda gaplarmiz,

Va, hozircha, ayrim-ayrim holda gaplarmiz.


Kel, ikkimiz qo’shma gapni birga tuzaylik,

Sodda gaplik o’ylaridan ko’ngul uzaylik.

Yo’q! Yo’q! Bevaqt kelgan o’ylar, chiqing esimdan,

Baxtim izlay, avvalambor ega-kesimdan.


Tilshunos qiz, mendan qiziq savol so’rading,

Hayotimdan qo’shma gapga misol so’rading.


(Iqbol Nazariy)