Ota haqida sher eng sara sherlar to‘plami

Ota haqida eng sara, tasirli va manoli sherlar to‘plami. Kimning ota-onasi tirik ekan, u inson dunyoda eng baxtli insonlardan erur. Ayniqsa, bu tabarruk zotlar bilan bir xonadonda bo‘lishlik va ularning xizmatini chin dildan ado qilishlik dunyoning barcha ne’matlaridan ham a’loroq.

Ota haqida tasirli sher

Qalaysan deb so’raysiz holim,
Har galgiday ko‘nglim chog’ ota,
Ko’zmunchoqlar bermasin onam,
Hudo menga ko’zmunchoq ota.

Duolariz asraydi meni,
Ko’nglim mangu yashar bog’ ota,
Yolg’onlarga o’rgatmagansiz,
Haqni izlab dilim tog’ ota.

Qaytkim kelar qishloqqa gohi,
Buncha og’ir yashamoq ota,
O’pib yashar oyog‘ingizni,
Tuproq mendan baxtliroq ota.


Otam — Shukur Qurbon sheri


Sizning-la bordurman ichra keng jahon,
Shukrumni e’shitsin ul buyuk Rahmon,
Qalbingiz og’ritib bo’libman nodon,
Doimo kechirgan rahimli Otam.

Bog’ ichra gurkirar chamanzor ravon,
Tinmagay har nafas mehnatkash bog’bon,
Mehnat ila ayladiz siz meni inson,
Siz mening qo’li gul bog’bonim Otam.

Bilsangiz yurarman osmonda doyim,
Siz borsiz omondur ko’kdagi boshim,
Shubha yuq aytarman har yerda so’zim,
Tog’ kabi sarviqor osmonim Otam.


Joningizga jon bo’lolmas afsus bu jonim,
Bo’lsa e’di berardim sizga bor umrim,
Insho Olloh ko’rgaysiz gullagan bog’im,
Nuri ila yoritgan jahonim Otam!!!

Dadajon tushlarimga kiring


Dushmanlarga to’la koshonam,
Vayron bo’ldi sizsiz koshonam,
Bunchalar sho’r ekan peshonam,
Tushlarimga kiring Dadajon.

Otam tabassumi


Otamga qo’shilib onam jilmayar,
Bunda mening baxtim ming karra oshar,
Ular kulganlarin ko’rib quvnayman,
Otam tabassumin yaxshi ko’raman.

Otam bilan onam doim sog’ bolsin,
Meni tabassumla duo qilishsin,
Men ham ular ko’nglin shod aylagayman,
Otam tabbasumin yaxshi ko’raman.

Otalarni yig‘latma hayot


O’gli ichib chekib xor bo’lsa,
Qizi behayo, benomus, beor bo’lsa,
Ko’zlariga keng dunyo ham tor bo’lsa,
Otalarni yig’latma hayot.

Yig’lasa ham quvonchidan yig’lasin,
Farzandlari to’ylarida o’ynasin.
Hajga borib dili ko’zi quvnasin,
Otalarni yig’latma hayot.

Havas qilar axli dunyo sabotiga,
Ko’z tegmasin iymon etiqodiga,
Ko’z yosh yarashmaydi erkak zotiga,
Otalarni yig’latma hayot.

Otalar — Abdulla Oripov sheri


Yuksak-yuksaklarga uchgan sor lochin,
Nazar uzmagandek polaponidan.
Bardavom naslini asramoq uchun,
Axir ota qavmi kechgan jonidan.

Non,degan farzandning dardli xitobi,
Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan.
Bardoshli umrning zaqqum zardobi,
Sochlari qirovdek ko’pirib chiqqan.

Taxti Sulaymonddan balanddir beshak,
Ota deb atalgan martabayu baxt.
Farzand bunyod bo’ldi, o’lim yo’q demak,
Otaning ilgida zamon bilan vaqt.

Men ko’kka termulib kutmasman madad,
Do’st izlab har yonda kezmasman sarson.
Do’stu madadkor ham otadir abad,
Shoni-shoning erur, armoni-armon.

Farzand — Abdulla Oripov sheri


Ota fig’on chekdi Ka’ba qoshida,
Go’yo unut bo’lgay alamlar bari.
Najot charx ursa ham garchand boshida,
Sira ketolmadi bir gapdan nari.

Ka’baga sig’inar ekan keksa chol,
Armonin oshkora aytdi olamga.
Dedi: — Ibodatim bo’lsa ham uvol,
Faqat saodat ber o’sha bolamga.

Ota duosi — Abdulla Oripov sheri

Ota — Muhammad Yusuf sheri

Ota desam, bag’ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo’ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to’lib ketgan osmonim bor.

Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o’zingsan eng muqaddasim,
Bag’ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.

Odam bo’lib bir odamni tushunmaslar,
Ko’zingda yosh ko’rib ham goh o’kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo’l cho’zib turgan qalqonim bor…

Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O’lgunimcha endi undan ayrilmasman —
O’z otamdek bo’lib qolgan imonim bor.

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o’rmonim bor,
Qizg’aldoqlar bosh egib qon yig’lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.


Ota va Ona duosi — Safo Ochil sheri

Qaytib kelmas otam

Uch kun azoblanib ozor chekdilar,
Umr bog’lariga dardni ekdilar,
G’amning yaprog’idan kafan tikdilar,
O’zining ajalin sog’ingan otam.

Uchkun ham o’tdi-yu tilga kirdilar,
Mehribonim sekin yaqin tortdilar,
Mendan rozi bo’lgin qiynalma deya,
Nasihatlar aytib vidolashdilar.

Men ahmoq tushunmay vido so’zini,
Yolg’iz tashlab ketdim bilmay o’zini,
Ortiq ko’rolmadim o’tli ko’zini,
Bir umr ko’ziga zor etgan otam.

Otajon mehribon, g’amxo’r edingiz,
Asaldayin shirin edi so’zingiz,
Sog’inib eslaydi telba o‘glingiz,
Bolam deb, o‘g’lim deb yashagan otam.

Kuz kelib xazonlar to’kildi bir bir,
Kimdir vafot etdi, tug’ildi kimdir,
Vafotizga mana to’libdi bir yil,
Olloh dargohiga yo’l olgan otam.

Qabringiz yonida turibman mana,
Siz sevgan gullardan keltirdim yana,
Ko’ksimdan otilib yosh chiqdi ana,
Mening ko’zlarimni yoshlatgan otam.


Otajon o’ksinmang ranjiganim yo’q,
Ko’zimga chang kirdi yig’laganim yo’q,
Yaxshiman ko’nglingiz qilavering to’q,
Tushlarimda holim so’ragan otam.

Yig’lamayman degandim yig’ladim biroq,
Ahir kimsa yo’q-ku sizdan yaqinroq,
Ne uchun ketdingiz olislab yiroq,
Qaytib kelmas yerdan joy olgan otam.

Panohlarim — Baxtiyor Roziq sheri

Dadajon sizningsiz… — Baxtiyor Roziq sheri

Ulg’ayib boryapman, o’tmoqda fursat,
U qanday fursatki, bunchalar og’ir?
YO ayting, holimni yutganmi qismat?
Vo ajab, shum qismat har nega qodir.
Qadridan qolsa qalb qatra dog’ ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.

Mening ham o’ynoqlab kulgim keladi,
Yuragim sevinib xush bo’lsa deyman.
Ko’nglimda ko’rganim yulgim keladi,
Ko’rganim qayg’uli tush bo’lsa deyman.
Armonim tokaydir bu so’roq ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.

Go’yoki sarobga aylandi olam,
Qush bo’lib uchdimi umid shodasi,
Onamlar aytadi, o’kinma bolam,
O’kinma, taqdirning shu irodasi.
Menku men, onamda dard qandoq ekan?
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.

O’tmoqda zalvorli fasllar hanuz,
Birgalik chog’larim eslab yashayman.
Yodimda tiriksiz kechayu kunduz,
Men sizni hamisha qumsab yashayman.
Sog’inchdan dunyo ham bir ovloq ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.

Ulg’ayib boryapman, xayolim miskin,
Shu xayol sababli dil titroq ekan.
Tunda oy, kun quyosh bermaydi taskin,
Faqatki she’rlarim bir o’rtoq ekan.
Aslida bo’z tuproq baxtliroq ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.

Sodda tilak — Muhammad Yusuf sheri


Qalqonim ota — Mahmud Asror sheri


Ota-ona g’animat

Ota onang ketsa — Guljamol Asqarova sheri

Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor yetgaydir.

Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin kutgaydir.

Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.

Boshingga ish tushganida sinab ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar yutgaydir.

Shon-shuhrating ketsa ketar do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani,
Shunchaki… ko‘changdan bir-bir o‘tgaydir.

Ikki qo‘rg‘on — Guljamol Asqarova sheri


Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.

Boshingga ish tushganida sinab ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar yutgaydir.

Shon-shuhrating ketsa ketar do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani,
Shunchaki… ko‘changdan bir-bir o‘tgaydir.

Ota meni o’ylab g’am yema


Ketganim yo’q qishloqdan to’yib,
Ildizimni yaxshi bilaman.
Men zaminni kaftimga qo’yib
Bitta ulkan qishloq qilaman..

Faqat meni o’ylab g’am yema
Guldirakman ko’ngling bo’lsin to’q
Ota bo’lsang bilasan dema,
Ota bo’lib ko’rganimcha yo’q.

Otajon so’zingiz hikmat — Nafosat Sodiqova sheri

Ota onam uchun