Gullar haqida sher eng sara sherlar to‘plami

Gul haqida sherlar to‘plami: Shu o‘rinda gullar haqida kichik malumot: Yer yuzidagi eng kichik gulning diametri atiga 1 millimetrga teng.

Erta bahor

Nilufar guli

Atirgul

Nashtarlaringdan qo‘rqmay, yovuz qo‘llar keldimi?
G‘uncha gullar ochilmay sovuq shamol yeldimi?
Ayt taqdirning bitigi, senga shunday bo‘ldimi?
G‘unchalaring ochilmay hayoting kim so‘ndirdi?

Orzuying armon bo‘lib, ushalmayin qolgandir,
Ajalning qaysi o‘qi, seni nishon olgandir.
Balki endi yashashdan, ko‘ngilginang qolgandir,
Ex atirgul, atirgul ayt shoxing kim sindirdi.

Bir kun kelib sen g‘arib, g‘unchalaring ocharding,
Havasimni keltirib, iforlaring socharding.
Lek tabiatdan sen ham mendek nochor yaralding,
Jonim gulim atirgul, ayt shoxing kim sindirdi.


Taqdiringning bitigi shunday bo‘lsa netarsan,
Yovuzliklardan sen qochib, qayerlarga ketarsan.
Ko‘zlaringda marjon yosh, dilni vayron etarsan,
G‘aribginam atirgul, ayt seni kim so‘ndirdi.

Unut barcha armonni, yonma nafrat dog‘ida,
Ayla diling nurafshon, sayr et jannat bog‘ida.
Do‘st bo‘laylik ikkimiz, go‘zal yoshlik chog‘ida,
Munisginam xush atring armonlarim o‘ldirdi.

Ey gul


Yuragim to‘xtab qoldi,
Shodligimni g‘am oldi,
Ayyor bog‘bon ko‘nglingga,
Uyalmayin qo‘l soldi.

Senga loqal bitta so‘z,
Jurat qilib aytguncha,
Olib ketdi o‘zga ko‘z,
Senga ko‘zim tushguncha.

Muhabbatsiz qon dilim,
Ishq bir yon, biryon dilim,
Sen go‘zalning hajrida,
Bo‘ldi yurak ming tilim.

Atirgul


Bariga sen sababchi,
Ne qilarding o‘y buzib.
Bebayram kun bayram, deb
Berdim seni «chirt» uzib.

Ko‘zlarini ko‘rdingmi?
Yomon boqdi, atirgul.
Qarsillatib qo‘sh qalbga,
Olov yoqding, atirgul.

Bir zum neni o‘yladi,
Ne ko‘rindi ko‘ziga?
Tanasi bir seskanib,
Kelib oldi o‘ziga.

Eski qizmas, men bilgan,
Yangi kelin edi u.
«Ishqimiz-chi?» — dedim men,
«Ishqimiz-chi?» — dedi u.


«Qursin, — dedik, — ishqimiz!»
Qurib ketdi, atirgul.
Ikki qalbni bir sovuq
Urib ketdi, atirgul.

Yarmiga sen sababchi.
Yarmiga men sababchi.

Lola


Sochiga gul bog‘ladi,
Chakkasiga taqdi gul.
Yelkalaridan tashlab
Gulga ko‘mildi butkul.

So‘ngra uyga keldi-yu,
Birpas yotib dam oldi.
Kiprigi yumildi-yu,
Gul kabi uxlab qoldi.

Lolajon


O‘ksinma menda ham sening savdoying,
Yolg‘izman , yolg‘izsan menman shaydoying.
Tashlab ketdi yorim ham ne edi xatoyim,
Lola, lolajon yolg‘izim lola.

Bugun dalangda yastanib tunda,
Yangi oy chiqqanda niyat qilamiz.
Vafosizlar bizdan tongani uchun,
Ikkimizga vafoli yorlar tilaymiz.

Qip qizil yaprog‘ing yuragingmidi,
Uzilgan barglarning tilagingmidi.
Bu dunyo og‘ir dard do‘stim chiday qol,
Ox lolajon, yolg’izim lola.

Lola qizg‘aldoq


Men bahorni intiqib kutdim,
Yuragimga yana olov yoq.
Dalalaru soylardan o‘tdim,
Salom senga lola qizg‘aldoq.

Ichimdagi dardu alamni,
Sendan boshqa tinglaguvchi yo‘q.
Aldab ketgan go‘zal sanamni,
Menday har kun o‘ylaguvchi yo‘q.

Yomg‘irlarning ostida ivib,
Bugun seni yoningda qolay.
Bu bevafo dunyoga kulib,
O‘lsam hamki yoningda o‘lay.

Men bahorni intiqib kutdim,
Yuragimga yana olov yoq.
Dalalaru soylardan o‘tdim,
Salom senga lola qizg‘aldoq.

Gul parvarishi


Boychechak

Gul Erk guli Binafsha

— Binafshajon, qaydasan, ayt,
Ko‘rsataqol yuzingni.
Ko‘mgandirsan balki bu payt
Xoru xasga o‘zingni.

Hatlab-hatlab yurgandirsan
Ariqlarni yoqalab.
Xilvatlarda turgandirsan
Ko‘zginangni uqalab.

Kirgandirsan balki sekin,
Xalal bermay tinchgina,
Bahorgacha yerga ko‘ksin
Bosgan toklar pinjiga.

Yo biz bilan bekinmachoq
O‘ynayapsan tutdirmay.
Jo‘nar kimdir toqati toq,
Seni kutib o‘tirmay.

— Qish zahri bor hali yerda,
Yerda, — der u xo‘rsinib,
— Aldanibmiz, hali erta,
Erta, — der u xo‘rsinib.

Do‘stim, so‘nib havaslaring
Chalinibsan tumovga.
Binafshaning nafaslari
Urilmoqda dimoqqa.


Jonsarakdir qalbda qislar,
Yana olg‘a chopamiz.
Ketaversin umidsizlar,
Biz, baribir, topamiz,

Binafshajon, o‘tdi bahor,
O‘tdi yozlar, o‘tdi kuz.
Keldim bir kun dunyo bilan
Shunday yaqin, yuzma-yuz.

Ishonch menga sabot berdi,
Saboq berdi to‘zimdan.
Yuragimga kurash kirdi,
Qochdi uyqu ko‘zimdan.

Binafshajon, bugun yana,
Tuyg‘ular tirik, ziyrak.
Chorlayapsan bizni, ana,
Bo‘lib yorug‘ kelajak.

Etigimda loyi qat-qat
Qishning shaltoq yo‘llarin,
Ketmoqdaman senga faqat
Uzatgancha qo‘llarim.

Kundan-kunga yaqinroqsan,
Nafaslaring jonimda —
Hali erta… — Kimdir ba’zan
Ming‘irlaydi yonimda.


To‘xtamaymiz ammo bizlar,
Yana olg‘a chopamiz.
Ketaversin umidsizlar,
Biz, baribir, topamiz!

Birinchi sovg‘a

Gulning baxti

Qalbim tinglay boshladim sekin, 
Yuz yil yashab seni kutgandek. 
Yurak bugun gunohkor, lekin 
Sen xam kut meni men seni kutgandek.

Kutgin shundoq mijja qoqmasdan, 
Kipriklaring gulga aylansin. 
Meni kutib tortgan oxlaring 
Rayxoniy bo‘ylarga boylansin.

Men esa yuz yillar sabr qilaman, 
Egnimda gunox to‘n gul ocha boshlar. 
Sevmay o‘tgan tiyramox yildan, 
Gunoxkor yillarim yuz bura boshlar.

Bular shunday sirli laxzalar, 
Vujudim xam gul bo‘lib gullar. 
Azizim, gullarga aylaning tezroq, 
Faqatgina gullar baxtli yashashar.