Abdulla Oripov sherlar to’plami SALOM–ALIKUmrimdan ming marta roziman, biroqGohida ko‘ksimni ortiq keribman.Yoshlik – g‘o‘rlik ekan, anglamay, ko‘proqKatta shaytonlarga salom beribman.Vaqtning tezligiga hayron qolamanVa kulib qarayman buning bariga.Endi yoshim ulug‘, alik olamanKichik shaytonlarning salomlariga.09.03.2015QO‘RIQCHI ITOrzu qilgan ekan boyvachcha yigit,Uy qurdi, aqchani sarf etdi talay.Uyni qo‘riqlardi, lekin cho‘loq it,Bo‘ynigacha qo‘tir, bir ko‘zi g‘ilay.Shundoq imoratni qurdingmi, Odam,Topib qo‘y-da endi, loyiq itni ham.25.03.2015SOG‘INCHSeni sog‘insinlar,Sen ko‘p sog‘inding,Chora yo‘q baribir ikki holda ham.Daryodek tosharding, ko‘l kabi tinding,Faqat ruhing qoldi sen bilan hamdam.Afsus, sog‘inchning ham bordir adog‘i,Keyin unutilish, bari abasdir.Sog‘ingan odamning ko‘nglida dog‘i,Sog‘intirganga ham oson emasdir.28.01.2015MЕHRNegadir yosh bola va yoki bemor,Gunoh ish qilgandek boqar javdirab.Ovozingni baland qildingmi bir bor,Ular hadik ichra qolar dovdirab.Yo‘q axir ularning zarra gunohi,Mudrar qalblarida bardosh va sabot.Faqat mehrga zor ular nigohi,Kutganlari esa shafqat va najot.25.01.2015 y.SO‘KONG‘ICHBor edi bir so‘kong‘ich kishi,Nihoyatda xudbin, dilozor.Faqatgina so‘kishdir ishi,Mahalla-ko‘y bo‘lgandi bezor.Oxir bir kun uch-to‘rt azamatSo‘kong‘ichning berdi adabin.Jag‘in boylab yurdi u ko‘p vaqt,Aytolmasdi lekin sababin.Kimdir dedi: – Falon ko‘chadaYashaydi bir yarimjon odam.Nafsing qonar balki o‘shanda,U indamas qancha so‘ksang ham.18.01.2015SHARHBu dunyoda soddalar bisyor,O‘tmishda ham uchragan ancha.Biri deydi: – Iqtidoring bor,Shuning uchun bergansan qancha?Boshqasi der: – Aqling zo‘r chindan,Gapni gapga rosa ulading.Jon og‘ayni, yashirma mendan,Buning uchun qancha to‘lading?Deyman, yo‘qdir ularning narxi,Ular – hayot, ular – zarurat.Lekin bordir ozgina sharhi:Tekin erur nodonlik faqat.15.01.2015TO‘DAMing yillardan buyon jami hayvonlar,Bo‘rilar, shoqollar, sherlar, arslonlar.To‘da-to‘da bo‘lib yashab kelishgan,Birga ov qilishgan, birga yeyishgan.To‘daning bosqini dahshat juda ham,Mamontni yiqitgan bir to‘da odam.Agarda qo‘zisa to‘daning fe’li,Unga teng kelolmas soylarning seli.Xos unga yovuzlik, shafqatsizliklar,Qorni to‘q bo‘lsa-da, toqatsizliklar.Irsiyat so‘zini aytishmas bekor,Barchasi to hanuz yo‘qolmagan, bor.Bi hisni yashirib axir netaman,To‘dani ko‘rganda qo‘rqib ketaman.06.01.2015 yM A D A DYashin urgan daraxt,Yarador bo‘ri,Qoyaga urilib,Yiqilgan burgut.Tanida bor bo‘lsaHayotning nuri,Tangrim, sen ularniAylama unut.Yovuzga kuch berib,Zolimni qo‘llashEhtimol IblisningAzaliy kasbi.Nochoru ojizgaMadadni yo‘llashYaratgan EgamgaXos erur asli.Butun bo‘lolmadim,Jonim ham yarim,Lekin to‘liq sezdimTiriklik sasin.Beozor do‘stlarim-Chumolilarim,Gurs-gurs qadam tashlang,Tangri qo‘llansin.ODAM VA TULPORKo‘ngli bu dunyodan sovigan odamKasalga chalingan tulporga o‘xshar.Odam qiyo boqmas siymu zarga ham,Tulpor arpasiga tashlamas nazar.Undayin odamga ikki dunyo bir,Chayla va qasrning farqi yo‘qdir, bas.Undayin tulpor ham hamisha dilgir,Poygalarga zarra rag‘bati bo‘lmas.E S L A ShOtam bilan birga otga mingashib,Kitob dovonidan oshgandik bir vaqt.Qarab bo‘lmas edi pastga engashib,Bir qadam narida jarlik– halokat.Qanday o‘tgan edik u yo‘ldan omon?Eslasam, entikib ketaman hamon.Tun edi, shahardan qishloqqa qarab,Katta akam bilan tushardik qirdan.To‘rtta bo‘ri bizni olgandi o‘rab,Ufqda to‘rt otliq ko‘rindi birdan.Biz ular tufayli qolgandik omon,Eslasam, entikib ketaman hamon.Kezdim, yer yuzini sayohat qildim,Ortga qaytar bo‘ldim kemada bir kun.Dengiz nimaligin o‘shanda bildim,Baloyi azimday quturdi to‘lqin.Kemamiz to‘fondan chiqdi-ku omon,Eslasam, entikib ketaman hamon.Nima ham qilardim, issiq jon ekan,Musofir yurtlarda chalindim dardga.Tiriklik aslida imtihon ekan,Axir zor bo‘ldim-ku men ham madadga.Kunimdan bor ekan, tuzaldim omon,Eslasam, entikib ketaman hamon.Bugun nasib etdi salobatli yosh,Shukrona aytaman barchasi uchun.Lekin nokaslar ham bo‘ldilar yo‘ldosh,Umrimni egovlab yedilar butun.Ne baxtkim, baridan o‘toldim omon,Eslasam, entikib ketaman hamon.PARHЕZBir bemor kasali qo‘zib turgan kez,Do‘xtirga borgandi, buyurdi parhez.Dedi:— Kamaytiring yog‘liq kabobni,Konyakning o‘rniga torting gulobni.Bedana sho‘rvadan oz-ozdan iching,Somsa va norindan tamom voz keching.Bemor tushib qoldi g‘alati holga,So‘ngra izoh berdi ushbu ahvolga:— Do‘xtirjon, ko‘ngilni qilabering to‘q,Bunday taomlarni ko‘rganim ham yo‘q.MAQTANISHOdam zoti bilsa ekan maqtanishni ham,Lekin hazm qilolmadim bir holatni hech:Uni yomon demasdan birorta odam,“Yaxshiman”, deb dod solar ertadan to kech.IFTIXORMen uni ko‘rganman, der edi birov,Yonida turganman, der edi birov.Kattakon majlisda hech ayamasdanMen uni urganman, der edi birov.TAKLIFNOMASo‘kar, dunyo degan bir g‘amxonani,Kiborlarni so‘kar g‘azabga to‘lib.Va lekin to‘y qilsa, “Taklifnoma”niO‘shalarga eltar birinchi bo‘lib.MARTABAIkki odam gaplashardi Arkning oldida,Bo‘yab, bejab, ko‘pirtirib har bir kalomni.Biri derdi:— Mangu qolar avlod qalbida,Bosh jallodning o‘zi so‘ygan mening bobomni.Ikkinchisi so‘z boshlaydi:— Mening bobom ham,Obro‘ topgan amirlikda — o‘sha zamonda.Hurmatini keltirishgan hatto so‘nggi dam,Osishganlar oddiy emas, ipak arqonda!..UNUTISHUnut bahorlarni, qishlarni unut,Unut osmonlarning zangor ko‘ylagin.Yulduzlarni unut, qushlarni unut,Ularni ko‘rmadim deya o‘ylagin.Dunyoda jamiki mavjud narsani,Yaralmagan degin, yo‘q deb bil, erkam.Hayratga solursan shunda barchani,Shunda unutarsan balki meni ham16.08.2014TO‘YLARTo‘yga aytgan edi aziz bir do‘stim,Do‘konni aylanib, sovg‘a ham oldim.Bordim, to‘yxonada yo‘q edi hech kim,Yanglishib kelibman men bir kun oldin.Yana bir og‘aynim, o‘z-o‘ziga to‘q,To‘y qilishni kutdi, kutdi ichikib.Borsam, tantanadan zarra nishon yo‘q,Axir, men kelibman bir kun kechikib.Hayot shukronaga mutloq munosib,Tiriklik o‘zidir oliy mukofot.Har kimga baxt-iqbol aylasin nasib,Uysizga uy bersin, bemorga najot.To‘yning-ku uzrini aytmoqlik oson,Qutlovning eshigi hamisha ochiq.Lek dilingni qiynar boshqa bir armon,Qayda u — nasibang, senga yarashiq.Yonma-yon yurarkan sevinch bilan g‘am,Bir holni tushunmay, hayronman, ammoDunyoni ne’matim deganding, Egam,Erta keldimmi men, kechikdimmi yo?16.09.2014DO‘STLAR VA RAQIBLARYoshlik yillarimni eslayman sekin,Gohida tinibman, gohida qaynab.Turfa satrlarni bitibman, lekinBir so‘z ham yozmabman qalamni qiynab.O‘rni kelganida kechdim daryodan,Bitta o‘zim qoldim girdobda goho.Kuch oldim do‘stlarim bergan hirmondan,Tortdi oyog‘imdan raqiblar ammo.Agar tog‘ atalsa u shonli ravoq,Oltin zinasiga qo‘ydim bir kun bosh.Do‘stlarim qutlovga qo‘l cho‘zdi, biroqRaqiblar tepadan otib turdi tosh.Ravon yo‘l yo‘q ekan, har yon so‘qmoqdir,Yo‘lbars ham yurmagan chigal bu o‘rmon.Do‘stlar-ku yulduzdek senga mayoqdir,Raqiblar bildirmay qo‘yarlar qopqon.Bu yorug‘ dunyoda yo‘l yurib albat,Oxiri to‘xtaysan, paymonang to‘lib.O‘sha kun do‘stlarga bermasdan navbat,Raqiblar so‘z aytar birinchi bo‘lib.Insonga ko‘rgilik azaldan o‘tgan,Doimo vijdonga keltirganlar shak.Xudoyim urganu payg‘ambar turtganRaqibning ustozi — Iblisdir beshak.29.01.2015 yilPOYEZDDAQarshigami, Termizgami poyezd yurar,Ikki ayol choy ho‘plashib suhbat qurar.Biri deydi: – Ming shukurki, uyimiz bor,Tarnovlari oq tunuka, zab naqshinkor.Unisi der: – Bizniki ham juda ko‘rkam,Bordir hatto hovlisining devori ham.Qarshigami, Termizgami poyezd yurar,Ikki ayol choy ho‘plashib suhbat qurar.06.03.2015AFANDIAfandi degani o‘zim bo‘laman,Har xil hangomaga ichi to‘laman.Esi yo‘q odamlar kallasizlardanXafa bo‘lishadi, shunga kulaman.03.02.2015TUYG‘UHayratlanar ko‘zlar,Hayratlanar qalb,O‘zi shundoq bo‘lar yoshlik mahali.Lekin hayratingni qo‘ymagin sarflab,Ulug‘ mo‘’jizalar oldinda hali.Hayotda duch kelar turfa vaziyat,Ko‘zlaring nogahon yoshga to‘lajak.Uni ham mayli sen bir nafas to‘xtat,Xursand chog‘laringda kerak bo‘lajak.Boshqa bir tuyg‘u ham mavjuddir biroq,U ketsin, dil degan toza gulshandan.Azizim, g‘azabdan forig‘ bo‘l tezroq,Ruhingni xalos et faqat o‘shandan.27.02.2015KO‘ZGUBirovlarni kamsitib, yerga urishdan oldinKattakon ko‘zgu qo‘yib, o‘zingga qarab olgin.Zarga o‘ralgan bilan kesak hamisha kesak,Choldevor o‘rtasida ko‘milgan bir xum oltin.24.02.2015TOMONLARQonunda yozilmagan kuchlar bordir dunyoda,Ko‘zga tashlanmas, ammo qo‘zg‘alsa shahdi yomon.Noziklikda tarozu shayinidan ziyoda,Urishtirguvchi hamda Yarashtirguvchi tomon.Ulug‘ yoshdaman, biroq hadigim bordir katta,Qo‘rqaman kim bilandir oshno bo‘lib qolishdan.Urishtirguvchi tomon topar seni albatta,Ishin boshlar oraga nifoq, nizo solishdan.Bu mening xulosamdir, do‘stlikni xufya saqlang,Ihota aylang uni har xil shirin so‘zlardan.Ayniqsa, muhabbatni oshkor etmay ardoqlang,Zada bo‘lmasin toki turfa yovuz ko‘zlardan.Urishtirguvchi tomon har qayda doim shaydir,Chang soladi tap tortmay e’tiqodga, iymonga.Oila rishtasin-ku maroq bilan uzgaydir,Hatto Vatan tuyg‘usin olmoq bo‘lar nishonga.O‘ylayman goh, odamzot nahotki loqayd boqar,Nahotki, ezgulikni asray olmaydi omon.Urishtirguvchi taraf chittakdek qanot qoqar,Og‘ir karvonga o‘xshar Yarashtirguvchi tomon.20.02.2015SUYMASA XUDOYIMSuymasa Xudoyim o‘z ishin bilgay,Tilingan joyingni qaytadan tilgay.Ayrilgan bo‘lsang gar ko‘zdan, quloqdan,So‘qir bilan karni ro‘para qilgay.15.02.2015BAZZOZBazzoz gazlamasin sotib turardi,Biroq o‘tmas edi bir o‘ram mato.Ba’zan yelkasiga tashlab ko‘rardi,Hech kim olmas edi o‘shani ammo.Undan yaktak tikdi oxiri bazzoz,Ma’qul deb matoning shunaqasini.Endi qutlar edi odamlar boz-boz,Ko‘rmaganmiz, derdi bunaqasini.09.02.2015 yil.Vafo“Menga vafo qimagach sanamXotinlarga hurmatim nechun?”Shu baytlarni yozayotgan dam,Osonmidi Lermontov uchun.Endi misga aylangan oltin,Vafo so‘zin anglashar arang.Lermontovni ayblashdan oldin,Hayotga ham qayrilib qarang.08.02.2015 yil.OQ OTNavoiy «Xamsa»ni tugatdi yozib,Qutlashga yig‘ildi arkoni davlat.Bayqaro ayricha hurmat ko‘rgazib,Oq otin minishga ayladi da’vat.Lekin uzr dedi shoiri davron,Balki bu holni u kibr deb bildi.Shunda sekingina lutf etdi Sulton:– Buni otning o‘zi iltimos qildi…YAXSHILIKO‘kinmagin, qartayib, qaribQoldim dema butkul orqada.Bir kun senga berar qaytarib,Haqqing bo‘lsa olaqarg‘ada.Yaxshiligim ketdi, deb bekor,Afsus chekmas haqiqiy erlar.Birovidan qaytmasa zinhorBoshqasidan qaytadi derlar.03.02.2015SOG‘INCHSeni sog‘insinlar,Sen ko‘p sog‘inding,Chora yo‘q baribir ikki holda ham.Daryodek tosharding, ko‘l kabi tinding,Faqat ruhing qoldi sen bilan hamdam.Afsus, sog‘inchning ham bordir adog‘i,Keyin unutilish, bari abasdir.Sog‘ingan odamning ko‘nglida dog‘i,Sog‘intirganga ham oson emasdir.28.01.2015UCHINCHI BO‘LIMTiriklikning ehtimol yarminO‘tkazasan xushomad qilib.Kimlarningdir bosh kiyimlarinGarderobda qoziqqa ilib.Nasib etsa birorta mansab,Endi senga xushomad bo‘lgay.G‘animlar ham iltifot aylab,Garderobga telpaging ilgay.O‘zingni ham qildingmi hurmat?Deysan, bunga tegmadi qo‘lim.Bu insoniy, qisqa bir muddat,Umringdagi uchinchi bo‘lim.25.12.2014.KЕCHIR, ShЕ’RIMKechir she’rim, kechirgin meni,Yilar o‘tib, charchadim, toldim.Shunday paytlar bo‘lodiki, seniMuhofaza qilolmay qoldim.Quduq qazdim, suv tanqis damlar,Erishdim ham balki yutuqqa.Cho‘ktirdilar lekin odamlarO‘zim qazgan o‘sha quduqqa.03.12.2014SHIFOKORUkam AnvargaShifokor bo‘lishni xohlading yakkash,Boshqa kasbu kordan tamom kechgansan.«Xudo ursin» degan kalomga o‘xshash,Gippokrat nomiga qasam ichgansan.Arab shayximi u, podachimi yo,Sening qabulingda oddiy bir bemor.Qonun quvlab yurgan o‘g‘rini hatto,Davolashing shartdir, chunki va’dang bor.Seni shogirdidek yaratgandir Rab,Hayoting insonga baxshida butkul.Aziz odam uchun tursang ham yig‘lab,Yovuz bemordan ham uzolmaysan qo‘l.Har qanday mushkulning topilar kori,Havo bor bemoring yotgan xonada.Faqat mehr degan noyob bir dori,Uchramas hech qanday dorixonada.Deyman, bari senda erur mujassam,Xalating singari xizmating ham sof.Gippokratga qancha ichmagin qasam,Qalbingdan ketmasin Shafqat va Insof.6.02.2015QISHLOQ ZIYOLILARI(Esdaliklardan)Sizdan necha nafar qoldi, bilmadim,Oradan o‘tdi-ku ellik-oltmish yil.Sizga ehtiromim kanda qilmadim,Aslo uzilmadi Sizdan bu ko‘ngil.Biringiz feldshersiz — o‘rtacha do‘xtir,Biringiz muallim — galstuk taqqan.Sizda armon degan so‘z o‘zi yo‘qdir,Siz — nurli ufqqa entikib boqqan.Namuna bo‘ldingiz qishloqqa, elga,O‘rischa so‘zni ham qotirardingiz.Rioya aylashib adabiy tilga“Juda”ni “yuda” deb gapirardingiz.O‘zni nimagadir aylab safarbar,Hayoliy dushmanga qiron solgansiz.O‘q yebdi, deyishsa, qaydadir askar,Siz ham boshingizni boylab olgansiz.Siz do‘xtir bo‘lgansiz, bilmasdan asliQayerda joylashgan o‘pka yo yurak.Bemorga bergansiz taskin-tasalli,Har xil dori-darmon shart emas demak.Muallim bo‘lgansiz, bitta kostyumniRosa yigirma yil tepkilab kiygan.Biror shogirdingiz besh olgan kuniQalbingiz Napoleon faxrini tuygan.Sizni chulg‘ab olmish ishonch mutlaqo,Buyuk orzularga to‘liqqan miya.Qoq po‘stak ustida yostiqsiz hattoUyquga ketgansiz “Yashasin!” deya.Sizni qadrlardi el-yurt begumon,Siz ham xalq qadriga shaksiz yetgansiz.Lekin barchangiz ham ba hukmi zamonBiri ikki bo‘lmay o‘tib ketgansiz.14.03.2015TARBIYACHIQavmimni qanchalik zukko deb bilmayAfsus, ko‘p uchratdim saviyasizni.Gaping tuzsiz desang, hech parvo qilmay,Oldingga keltirib qo‘yadi tuzni.Falonchini arslon desangiz agar,Qaytadan so‘raydi: — hayvonmi, deya.O‘zini shu holda aqlli sanar,Minglab soddalarga berar tarbiya.16.03.2015 Toshkent, Do‘rmon.BO‘RI OVIQishloqmi yo ovulga bo‘ri oralab qolsa,Otlanib chiqar edi darhol botir yigitlar.Bo‘ri qochib borardi, qani u qutulolsa,Odamdan himo olib, chopardi ovchi itlar.Oxiri yiqitdilar bo‘rini kaltak urib,majaqlab tashladilar metindek katta boshin.Zarari tegmaydigan o‘lik dushmanni ko‘rib,G‘ajimoqchi bo‘lardi ko‘ppaklar endi loshin.Arqon bilan bog‘lashdi jondorning oyog‘ini,Qishloq bo‘ylab erinmay sudrashdilar yarim kun.Bolalar siltashardi bir qarich tayog‘ini,Muhimi, tomoshabin bayram qilardi butun.Ha, zamonlar o‘zgardi, lekin hayvonot bordir,Azamat yigitlar ham ketgan emas yo‘qolib.Har kimsa o‘z o‘ljasin mahv qilishga qodir,Hatto chumchuq so‘ygan ham o‘zini sanar g‘olib.Ehtimol, ovchilikka yo‘q endi uncha talab,O‘ltirib ko‘rabergin, ekranda turfa olam.Va lekin tomoshabin o‘sha-o‘shadir, ajab,Sudrab chopadi topsa mushukning o‘ligin ham.02.03.2015AYRILMABahra ol hayotning ne’matlaridan,Yashab yur, olamni his qilib, ko‘rib.Va lekin, payt kelib, buning baridanAyrilib qolmagin tiriklay turib.Tanish-bilishlar-ku bordir tumonat,Kim ham sadoqatga bergay kafolat.Hatto qasam ichgan do‘st ham omonat,Ayrilib qolmagin tiriklay turib.Qaydadir omading yulduzi imlar,Parda bo‘ladilar, lekin har kimlar.Bir kun yodga tushar o‘sha g‘animlar,Ayrilib qolmagin tiriklay turib.Har olgan nafasing o‘zi ibodat,Qalbingda yashaydi pinhon muhabbat.U – ilhom, u– hikmat, u – kuch, u – qudrat,Ayrilib qolmagin tiriklay turib.Dunyoda topganing Vatandir tanho,Senga xalqing o‘zi suyanch avvalo.Xoking shu tuproqqa bo‘lg‘usidir jo,Ayrilib qolmagin tiriklay turib.25.02.2015KЕCHUVAllaqaysi zamonlarYer yuzin bosib to‘fon,Necha-necha ellarniQuturib to‘lqin yutgan.Va nihoyat vahshiy suvOqib o‘zani tomon,Omon qolgan elatlarDaryodan kechib o‘tgan.Kechuvlarning nomi bor,Kim ko‘yganin bilmayman.Har holda baho mavjudHar biriga munosib.Rost degan kechuv bo‘lgan,Bunga shubha qilmayman,Alloh rahmidan asloQolmagan u benasib..Yolg‘on deb atalgandirIkkinchi kechuv nomi,Unda bandalar nuqulO‘triklar to‘qishgandir.Iblis yo‘ldan ozdirib,Yo‘qolib intizomi,Avval men o‘taman deb,Bir-birin nuqishgandir.Qaysi kechuvdan o‘tdik?Hech kimning yodida yo‘q.Bilganim shu, shoirim,Biz bitta qayiqdamiz.Maqtov albatta yoqar,Yolg‘ondan ham ko‘ngil to‘q,Faqatgina rost gapdanOzgina hayiqamiz.16.02.2015TAQDIRMen-ku bu dunyoni obdon o‘rgandim,Ummonidan torib tog‘igacha to.Quvonchli kunlarni rosa ko‘rgandim,Benasib qolmadim g‘amdan ham hatto.Endi xohlaysanmi, yo‘qmi – baribir,Ro‘baro‘ keladi senga ham olam.Faqat quvonchimni ko‘rsatsin taqdir,Boshqasin takrorlash shart emas, bolam.09.02.2015SAVIYAHa, birodar, o‘z-o‘zingniMaqtashdan avval,Hisobga ol saviyangni,Ongingni tugal.Mahallada yashar ediBir musofir zot,Ilm bilan mehnat ediUning chun hayot.Atay kelib biror kimsaOlmasdi xabar,Olim g‘oyat xoksor edi,G‘oyatda kamtar.Bir kun yuksak mukofotniBerdilar unga,Biroq hech kim zarra parvoQilmadi bunga,Va inchinun mahalladaYashardi bir boy,U ham bir kun ola qoldiSiylov, hoynahoy.Qutlagani kelishdilarJami boyonlar,Dimog‘lari ko‘kka yetganKibor insonlar.Bayram qildi yarim shaharBalandi, pasti,Lekin olim qayda qoldi?Hech kim bilmasdi.Ha, birodar, o‘z-o‘zingniMaqtashdan avval,Hisobga ol saviyangni,Ongingni tugal.08.02.2015 yil.SHOKOLADCho‘ntagimga solib oldim to‘rtta shokalad,Va o‘zimcha bitta shartni ayladim tayin:Kimki meni aldamasa, siylayman albat,Shokoladni shu odamga sovg‘a etayin.Kun bo‘yi biror g‘olib chiqmadi, ajab,Boz ustiga bilmas edi hech kim shartlarni.Uyga qaytdim, bolalarni bayram deb aldab,Bo‘lib berdim cho‘ntakdagi shokoladlarni.28.12.2014F A Z I L A TAriza yozib yo iltimos qilib,Hech kim bu dunyoga kelgan emasdir.Har banda o‘tirsa o‘rnini bilib,Nafsiga berilmay yashasa, basdir.Mehnatu tafakkur, tajriba boisMukarram bo‘lgaydir hamisha inson.Kim bundan mosuvo – hurmat nojoiz,Uning odamligi aslida gumon.Oyoqsiz bo‘lsa-da suv ham yurolgan,Ibrat ol, hech qursa, sen unga qarab.Oshyonu uyasin o‘zi qurolganChumoliga sharaf, qushlarga sharaf.Qarayman, moziyning dovonlaridaBotirlar mash’ali to hanuz porlar.Gard bo‘lmish tarixning maydonlaridaYasama polvonu soxta tulporlar.Mansabu shon-shuhrat, boyligu dunyoHalollik tufayli aziz, muborak.Nainki zaminga, ko‘kka ham hattoFaqat fazilatli bandalar kerak.16.12.2014ARG‘UVONBog‘imga ekkandim to‘rt tup arg‘uvon,Vaqt o‘tib, navqiron bo‘ldi nihollar.Dersiz: — Nimasiga bo‘lasiz hayron,Tegrangizda ko‘p-ku teraklar, tollar.Shoyon quvonch bergay yashillik bari,Yantoq shakari ham boldan kam emas.Lekin arg‘uvonga boqqanim sariDilimda ortadi hayrat va havas.Axir, ko‘z o‘ngimda ulg‘aydi nihol,Nega g‘ururlanmay, ekkan men o‘zim.Balki ne og‘ochlar topgaydir zavol,Bularning umri-chi, juda ham uzun.Bir kuni mening ham tinar qonlarim,U yog‘i ne kechar? Mavhumdir bizga.Mening shu azamat arg‘uvonlarimKirgaydir bezavol necha bir yuzga.Dovul urmasa bas, kesmasalar bas,Bo‘y sochib, hamisha gurkirab turgay.Qancha yuraklarda qo‘zg‘atib havas,Kelajak kunlarning jamolin ko‘rgay.To‘rtliklarNochorning ustidan kulma hech qachon,Bilmasdan kamsitma, boyvachcha o‘g‘lon.Topgan aqchasiga non olgaydir u,Keksa onasiga yo dori-darmon.***Dunyoda tiriklik emasdir oson,Xudkashlik esa-chi, yomondan yomon.Faqat Yaratganning ismin takror et,Boshqa chora yo‘qdir, yo‘q o‘zga imkon.***Seni ko‘ray dedim – tonglarim otdi,Orazing yorishib, tunni yo‘qotdi.Lekin qora soching yuzingga tushgach,Yana tun boshlandi, quyosh ham botdi.***Tashna qultum suvni orzu etgaydir,Oltin piyolani axir netgaydir?!Bemorga mol-dunyo va’da aylama,Bir og‘iz shirin so‘z unga, yetgaydir.***Mag‘izni po‘choqqa qarshi qo‘yar u,Olovni o‘choqqa qarshi qo‘yar u.Ikkisi to abad birlashmasin, debO‘rtoqni o‘rtoqqa qarshi qo‘yar u.***Dunyoda uchraydi shundaylar, bilsang,Alif ham chiqmaydi qornini tilsang.Hammani o‘ziga o‘xshatadi u,– Qancha olding, – deydi, yaxshilik qilsang.VATAN MЕHRISinglim BibisoragaXastalikka yo‘liqdim Vatanimdan yiroqda,Vayron bo‘ldi ming karra shundoq ham vayron ko‘nglim.Dengizu tog‘lar osha, goh yayov, goh uchoqdaMeni ko‘rgani kelding, Bibisora, jon singlim.Ellik yil ayro tushgan ikki jigarband misolAka-singil yig‘lashdik, yelkalarga qo‘yib bosh.Shu lahza onam ruhi charx urardi ehtimol,Balki otam arvohi tilardi bizga bardosh.Noshukurlik yomondir, yashadim-ku harqalay,Qayga borsam, muxlislar bizniki deb atashdi.Biroq o‘tgan yillarning fe’lin ham aytib o‘tay:Avvalo qo‘rqitdilar, so‘ngra esa talashdi.Boylik va amal topish qiyin emas dunyoda,Jindek chaqqonlik bilan ustakorlik bo‘lsa, bas.Dushman-ku poylab turar har o‘ru har qiyoda,Faqatgina chin do‘stni uchratmoq oson emas.Men ham bir do‘st axtarib, shamol misoli yeldim,Goho topdim, gohida topolmay chekdim alam.To‘rt muchaning qadrini yoshim o‘tganda bildim,Jarohat topdim goho tuyaning ustida ham.Donishmandlar hayotni aslida sinov deydi,Bu hikmatni har inson o‘zicha anglar biroq.Tiriklikda sobit bir mantiq bo‘lsa qaniydi,Bo‘rilar qolib ketib, qo‘yni sinashar ko‘proq.Sog‘ayib, safingizda yurarman hali men ham,Oshno bo‘lib she’r degan abadiy bir sehrga.Yolg‘iz Xudoga soldim, gar birovdan yetsa g‘am.Lekin mudom talpindim insoniy bir mehrga.Kim bo‘libman ahir men, mehrga zor-ku bashar,Chulg‘ab olmish olamni zo‘ravonlik va aqcha.Oddiy bir to‘pteparga qiyoslab ko‘rsang agar,Gomer va Tolstoyning narxi bo‘larkan qancha?!Ha, odam bolasi bu, qon qaqshatar dillarni,Qo‘li hech bo‘shamaydi ig‘vo bilan urushdan.Ko‘rdim afsus dunyoda hatto shundoq ellarni,Zavq oladi o‘z birin toptab, yerga urishdan.Sen Vatanim mehrini keltirding, Bibisora,Endi oyoqqa turgum sog‘ — omon, o‘ynab-kulib.Bilib qo‘y, bu mehrni topib bo‘lmaydi sira,Inchunin, u ko‘ringay gohida singil bo‘lib.DIPLOMATDiplomat hayotin buldir mazmuni:Ikki kunki hech kim topolmas uni.Podshoh chaqirgandi birinchi kunda,U kir yuvmoqdaydi ikkinchi kuni.DO‘KONLAR“Sog‘lik” degan do‘konda edimMen, dardlardan azob tortuvchi.– Bir oz bering sog‘liqdan, – dedim,– Tugab qolgan, – dedi sotuvchi.“Omad” degan do‘konga kirsam,Peshtaxtalar turar qup-quruq.– Kuting, – deydi sotuvchi beg‘am,Omad hali kelganicha yo‘q.KUNDALIK GAPLARMenga tashvishlardan yiroq yur, deysan,Charchagansan, deysan, shundaylikcha ham.Faqat sen muttasil g‘amimni yeysan,Lekin hayot boshqa, azizam, bekam.Magar kirsang biror dorixonaga,Kissavur urganday chiqasan bo‘m-bo‘sh.Ishongin hozirgi bu afsonaga,Nolimay, aqchangga qilgin xayr-xo‘sh.Ishxonang eshigin beso‘roq albatKimdir ochib kirar salobat bilan.Hech bir murosaga qilolmas toqat,Dahoman, deydi u vajohat bilan.Uyingga qaytasan, nabiralar shod,Bobom keldilar, deb soladi chuvvos.Sen uchun o‘sha dam boshlanar hayot,Toza va musaffo xayolingga mos.Go‘yo o‘zaniga tushganday daryo,Go‘yoki yo‘q endi hech kimdan ginang.Choy kelar, shopirib qaraysan, obbo,Damlashni bilmabdi kichkintoyginang.18.03.2015MULKOjiz banda, gaplarimni ko‘nglingga olma,Zamin Alloh mulki erur, sen changal solma.Musofirsan, muhojirsan yerning ustida,Muddatingni yashadingmi – yo‘lingdan qolma!H A Yo TBuvi nabirasin avaylar har vaqt,Shamollab qolma, deb uqdirar faqat.Nabirasi deydi: – Sog‘ yuring Siz ham,Bilaman, buvijon, dorilar qimmat.XЕSHU AQRABOIshlaring yurishib turgani asno,Ko‘payib ketadi xeshu aqrabo.Darvinning kitobin qo‘ltiqlab olib,“Tog‘a”, deb keladi maymun ham hatto.QARIYALAR SUHBATIYomg‘irlar yog‘ardi qirq kecha-kunduz,Qorlar yog‘ar edi terakni ko‘mgan.Tulporlar bo‘lardi ko‘zlari yulduz,Poygada raqiblar changini ko‘rgan.Yigitlar bo‘lardi baquvvat, bardam,Bir o‘zi yer edi bir semiz qo‘yni.Tobutlar bo‘lardi fayzli chunonam,To‘ldirib o‘tardi mahalla-ko‘yni.Kun ko‘rishChalpak yoqqan emas osmondan aslo,Har kim nasib etgan luqmasin yegan.Odam bolalarin lafzida ammo,Bitta ibora bor Kun ko‘rish, degan.Aslida bu qismatga yo‘liqqan har kasOrzu umididan ayrilgan demak.Qayda bir unumni ilg‘adimi, bas,O‘sha tomonga u yugurgan beshak.Kun ko‘rish degani o‘rtab dillarni,Amallab yashashdan bir belgi, nishon.Zabtiga olgay u hatto ellarni,Ne-ne mardlarni ham aylagay yakson.-Nega yolg‘on aytding, aldading nega,Nega haqni yoqlab bermading turish?!Deydi:-sen Haq deysan, jon kerak menga,Kun ko‘rish kerakmi, axir kun ko‘rish.Kun ko‘rish yo‘lida yurarlar kuylab,Kun ko‘rish dardida to‘karlar ko‘z yosh.Agarda teranroq qarasang o‘ylab,Jallod ham kun ko‘rish uchun olgay bosh.Faqat kun ko‘rish deb qilingan ishdan,Bahra toparmikan birorta banda.Odam charchar bir kun bunday yumushdan,O‘zini o‘ylar-ku hech bo‘lmaganda.Ulug‘ orzularga etgandi da’vatFidoyi insonlar – benazir zotlar.Nahotki, kun ko‘rish yo‘lida faqatYonib bitgan bo‘lsa o‘sha hayotlar?!Insof bera qolsin har kimga Egam,Hayot ko‘zgusida turlanmoq nechun.Ehtimol, mana shu satrlarni ham,Yozib turgandirman kun ko‘rish uchun.09.11.2014MASHRABEnagasi alla aytar Mashrabga boz-boz,– Katta bo‘lsang Xon bo‘lasan, allayo alla.O‘sha zahot eshitilar beshikdan ovoz:– Aldayo alda!APRЕLBorliq kiyib olgan moviy bir libos,Yel esar – bahorning pildiroqlari.Qalbingda uyg‘otar ajib ehtiros,Aprel osmonining qaldiroqlari.Yomg‘ir taraladi ko‘m-ko‘k adirda,Uzoq qirda esa yaltirar quyosh.Bunday nafislik yo‘q hech bir atirda,Ruhingni yayratar havo, tog‘u tosh.Qofiya yig‘ishar she’rga – nazmgaJajji jilg‘alarning shildiroqlari.Atrofni chaqirar yashil bazmgaAprel osmonining qaldiroqlari.06.04.2015CHIDAYSAN, BOLAMJismimni ko‘tarib turibdi tuproq,Yerning ustidaman, yo‘q zarra nolam.O‘zi chorlar bir kun bag‘riga, biroqMensiz qolganingda chidaysan, bolam.Hay dunyo, o‘zingni bir pulga sotding,Kalava topding-u uchin yo‘qotding.Men kabi oxiri g‘aflatda qotding,Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.Inson ezgulikdan topgay farog‘at,Nima zarur unga zulmu qabohat.Kimdir urishtirib, qilgaydir rohat,Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.Yerni ham, ko‘kni ham ayladim tavof,Lekin hech biridan chiqmadi javob.Bo‘g‘zimda «Nega?» deb qotdi bir xitob,Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.Dunyoga boqmadim men aslo yovdek,Goho to‘ssa hamki yo‘limni g‘ovdek.Har holda gaplashdik ikki soqovdek,Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.30.03.2015 y.IKKI XUSHOMADGO‘YIkki xushomadgo‘y uchrashdi bir kun,Ochig‘i, tajriba almashmoq uchun.Shundoq boshlab qoldi gapni havaskor:– Mening qalbim to‘la g‘urur, iftixor.Oxiri meniki bo‘ldi xo‘jayin,Ishlarim yurishib ketmog‘i tayin.U kun o‘zlarini yaladim ancha,Tovonidan tortib tizzasigacha.Gal keldi ikkinchi xushomadgo‘yga,Gapin boshladi u, tolgancha o‘yga:– Hozirgi kasbdoshlar o‘zgargan butkul,Kamtarlikni bilmas, maqtanar nuqul.Mana biz dongdormiz, taniydi har kim,Lekin o‘tiribmiz, gerdaymasdan jim.Aytsam ishonmaysan, eh sodda ukam,Yalaganmiz undan yuqorisin ham.18.04.2015LUTTIBOZVijdonli odamlar ortgani sayin,Lo‘ttiboz soni ham ko‘payib borar.Tekinxo‘r atalur bu qavm tayin,Ajabki, ko‘p ishni shular boshqarar.Vijdonning boshiga chiqqani ko‘yi,O‘zini mengzaydi tengi yo‘q dovga.Jinjakcha kelmaydi o‘zining bo‘yi,Yoqsa, tutantiriq bo‘lmas olovga.19.04.15 Sherlar 60 1 2 3 4 5 Жалоба 28 0 21-12-2023, 09:20