Zulfiya honim hotirasiga bag’ishlangan she’rlar

Zulfiya honim hotirasiga bag’ishlangan she’rlar


O’zbek ayolisiz,o’zbek onasi,

O’zbeklarning sevimli shoirasi.

Sizni eslab o’tayotir har onim,

Unutmaymiz sizni Zulfiyaxonim.

***

Ijodga bag’ishlab hayotingizni,

Ta’riflari ko’pdir bayotingizni.

Bizga qadrlisiz so’ngsiz armonim.

Unutmaymiz sizni Zulfiyaxonim

***

O’zbekning qizlari sizga shogirddir,

Iboni,hayoni sizdan organsin.

Har yozgan she’ringiz mening makonim,

Unutmaymiz sizni Zulfiyaxonim


Surxondaryo viloyatiSherobod tumani 7-umumiy o’rta ta’lim maktabining 10-sinf o’quvchisi Qudratova Elmira


Yana o’rik oppoq bo’lib gulladi


(Zulfiya Isroilova xotirasiga bag’ishlanadi)


Bahor ilk kunida,sahar chog’ida,

Derazam tagida o’rik gullari.

Qalbim bir entikib,bir shodon bo’lib,

Shoira,qizingiz sizni esladi,

Yana o’rik oppoq bo’lib gulladi.

***

Men ham shu bahorni kuyladim ko’p bor,

Ruhingiz shod etib,takror va takror.

Siz ayol,siz ona va vafoli yor,

Bugun bedor qalbim sizni qo’msadi,

Yana o’rik oppoq bo’lib gulladi

***

Siz yurtim jamolin ko’p kuyladingiz,

Sadoqat,vafodan ko’p so’yladingiz.

Ayol buyukligin isbotladingiz,

Bu kun bashariyat sizni esladi,

Yana o’rik oppoq bo’lib gulladi.

***

To hayot ekanman sizni eslayman,

Har bahor chog’ida sizni qo’msayman.

Oq qog’oz,qalamim hech kamsitmayman,

Mehri bedorligin sir tutolmadi,

Yana o’rik oppoq bo’lib gulladi.


Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 7-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Qurbonova Mehriniso