O’simlik, gul va daraxtlar haqida she’rlar

QAYRAG‘OCH


Assalom, azizim, qayrag‘och og‘a,

Balki men jiyanman, sen menga tog‘a.


Farqimiz bittadir: sening tiling yo‘q,

Yurarga oyog‘ing, ketar yo‘ling yo‘q.


Lekin baxtlidursan, soya solursan,

Bahra olganlardan duo olursan.


Tog‘ajon, mening-chi, ahvolim mushkul,

Mendan panoh topgan qarg‘aydi nuqul.


Bitta iltimos bor: o‘rin almashsak,

Men ham daraxt kabi yashasam andak.


Sen-chi, bu dunyoga Inson bo‘lib boq,

Mayli, bir kun meni o‘tin qilib yoq.

1981


Abdulla Oripov


O’zim jannatda-yu, do’zaxda ko’nglim,

Yalpizjon, sen o’sgan o’tloqda ko’nglim.

Sen jilg’a bo’yida sarg’aygan singlim,

Men ummonda senga mushtoq og’angman.


Ko’zimdan yosh oqar yuzingdan o’psam,

Qaniydi bir umr poyingda cho’ksam,

Dilingga dilimni dardini to’ksam —

Vodiysidan ajrab qolgan vohangman.


Men shoir emas, men nazmboz kosib,

She’rim shuhratimga emas munosib.

Bir lutf tufayli ming g’aflat bosib,

Arig’iga sig’may qolgan nahangman.


Osmonin tusi yo’q bu taxtni netgum,

Rayhonin isi yo’q bu baxtni netgum,

Bosh olib yoningga keladi ketgum,

Dalangdan olamga bir sadaqangman!..


Ey oq ko’nglim mening, ey ko’k ko’ylagim,

Bo’yingga bo’yimni kelar tenglagim,

Kuylasam faqat sen sabab kuyladim,

Yaprog’ingdan yerga tomgan ohangman.


(Muhammad Yusuf)



Дарахтларнинг пахмоÒ› сочи хурпайди


АмÒ“ирни ерга алла айтиши бу,

Тун: бслди срта ёт дегани Ò³ам шу.

Кузга Ò›сл силтаган момаÒ›алдироÒ›,

Òšиш тушинмади ссзига бироÒ›.


Аима учун кузда осмон баÒ›ирар.

БаÒ³орми у йиÒ“лаб дунёни бузар.

Менинг галим дейди оппоÒ› соÒ›олли,

Ашлар Ò³урмат Ò›илмасму Ò›ари чолни?!


А­ртан Ò³али майса ниш урсайди,

Дарахтларнинг пахмоÒ› сочи хурпайди.

Кеч кузда ёзнинг Ò›итмир Ò³авоси,

Ае сзи табиатнинг шум муддаоси?!


ЧиÒ›иб турар баъзан Ò›иш чоÒ“и Ò›уёш,

БераÒ³мдан чиÒ›Ò›андек меÒ³рли ксз ёш.

Демак, баÒ³ордаги изÒ“ирин гсё,

Яхши инсоннинг аччиÒ“идек рсё.


МоÒ³ир