14 fevral sevgi tabriklari

Ko’ngil uyi bog’ bo’lsa,

Tan-u jonlar sog’ bo’lsa,

Qaddimiz baland bo’lsa,

Shuning o’zi BAXT erur!


Qo’l oyoqning yurgani,

Ko’zning ravshan ko’rgani,

Yuragingiz urgani,

Shuning o’zi BAXT erur!


Ota-ona borligi,

Molu-davlat yorligi,

Sizga kimdir zorligi,

Shuning o’zi BAXT erur!



Bugun dilda bor mehrim bilan,

Men orzuni sochin siladim.


Bu dunyoda qancha baxt bo’lsa,


Hammasini sizga tiladim!


Seni sevaman deb qarmoq tashlaydi,


Gohiga bir o’pib jarga boshlaydi.


Sensiz yasholmayman desa ISHONMA!!!


Sensiz yashab kelgan yana yashaydi!


Seni ko’rsam guldek ochilar ko’nglim

Bir nafas yurakka begonadir g’am

Sen yonimda bo’lsang qalbimda bahor

Sensiz tor ko’rinur bu yorug’ olam

Izlaringdan bo’lib yurarman mudom

Qora ko’zlar ichra ko’zing topmadim

Shirin so’zlar ichra eshitmay kalom

Yana bir shirin so’z topmadim


Ayt seni qalbimdan qanday sovutay

Boshimni qay tog’u toshlarga uray

Kuygan bu yurakni ne deb ovutay

Sen meni jonimsan, ayt kimga aytay?