Super-kontrakt narxlari e’lon qilindi

⚡️ Super-kontrakt narxlari e’lon qilindi


Kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda to‘lashadi:


1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;


1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;


2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;


3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.


To‘plagan bali kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari quyidagicha:


Eng qimmat miqdor yurisprudensiya yo‘nalishida — 25 barobar, ya’ni 229 mln 184 ming so‘m.


Keyingi o‘rinda tibbiyot yo‘nalishiniki — 20 barobar, ya’ni 170 mln 649 ming so‘m.


Qolgan yo‘nalishlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan.


Eslatma: barobar — ta’lim yo‘nalishiga belgilangan kontrakt summasining barobari nazarda tutilmoqda.