On layn qabul 2020-2021 yil

Qabul jarayonlariga oid yangiliklar:

? Joriy yil 1 mln 270 mingdan ziyod abiturient hujjat topshirish kutilmoqda;

? Joriy yilda hujjatlar onlayn qabul qilinadi, OTMlarda hujjatlar olinmaydi;

2020-2021-o‘quv yilida OTMlarga o‘qishga qabul
? Hujjatlar 3 xil usul bilan topshirilishi mumkin:

1) Davlat xizmatlari markazlari orqali (borgan holda);

2) my.gov.uz portali orqali;

3) DTM sayti orqali.

? Hujjatlar kechayu kunduz 24 soat qabul qilinadi;

? Test sinovlari 64ta binoda boʼladi, binolar roʼyxati alohida eʼlon qilinadi;

? Test sinovlari joriy yilda 3 smenada boʼladi (oʼtgan yili 2 smenada boʼlgan);

? Har bir smenada 25 ming nafar abiturieni test topshiradi, abiturientlar orasi 3 metr boʼladi;

? Test sinovlariga abiturientlar maxsus tekshiruvdan oʼtkazilib, karantin qoidalariga rioya qilgan holda kiritiladi;

? Test sinovlari jarayonlari onlayn ravishda internet va TV orqali jonli efirga uzatiladi;

? Karantin sharoitida xavfsizlikka rioya qilish maqsadida abiturientlarning ota-onalari va yaqinlarining kuzatuvchi sifatida test binosi atrofiga toʼplanishi cheklanadi.