Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlariga oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda beriladigan imtiyozlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoni hamda Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393 — qaroriga asosan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi va Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)sizdavlat grantlari asosida qabul qilinishlari belgilangan.