Bitiruvchilarga maktabni bitirganlik toʻgʻrisidagi attestat (shahodatnoma)ning elektron shakli

Bitiruvchilarga maktabni bitirganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaning elektron shakli 15-iyunga qadar yetkaziladi

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarini bitirganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaning elektron shakli (skaner) bitiruvchilarga 15-iyunga qadar yetkaziladi.
Bu haqda “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 2019-2020 oʻquv yilini yakunlash hamda oʻquvchilarni attestat (shahodatnoma) bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻida qayd etilgan.
Hujjatga koʻra hududiy taʼlim boshqarmalari joriy yiling 5-iyuniga qadar bitiruvchilarga attestat (shahodatnoma va sertifikat) blankalariga qoʻyiladigan yakuniy baholarni attestat.uzedu.uz elektron tizimiga kiritishi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirishi lozim.

Boshqarmalar joriy yilning 15-iyuniga qadar chop etilgan attestat (shahodatnoma)larni elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkazadi.
Tayyorlangan attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar hududda epidemiologik vaziyat yaxshilanib, oʻquvchilarga topshirilgunga qadar barcha xavfsizlik choralarini koʻrgan holda umumiy oʻrta taʼlim muassasasida saqlab turiladi.
Karantin cheklovlari olib tashlanganidan soʻng attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar oʻz egalariga topshiriladi.

https://uzedu.uz/oz/bitiruvcilarga-maktabni-bitirganlik-tugrisidagi-saodatnomaning-elektron-sakli-15-iunga-kadar-etkaziladi