Qoʻshni davlatlardagi oliy taʼlim muassasalaridan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilganlar toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun natija.edu.uz tizimi ishlab chiqildi. Bu haqda oliy taʼlim vazirligining rasmiy kanali xabar bergan.
7-fevraldan 15-fevralgacha oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza bergan fuqarolar pasport seriyasi va raqamini kiritish orqali ushbu saytda oʻz natijalarini bilishlari mumkin. Ushbu tizimda respublika tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni koʻchirish boʻyicha tavsiya etilgan talabalar roʻyxati nazarda tutilmagan.
Keyinchalik ushbu tizim bazasida mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun arizalarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmati ishga tushirish rejalashtirilgan.
Oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar 15-martga qadar qabul qilinadi.
Qoʻshni davlatlardan oʻqishni koʻchirish natijalarini onlayn tarzda bilish