2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son bayoniga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 20 iyulidan 20 avgustiga qadar qabul qilinadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi so‘raladi:
— ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;
— oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan
— 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
— № 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
— pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.
Shulardan, pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.
2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati:
1 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — Kunduzgi
2 O‘zbekiston milliy universiteti — Sirtqi
3 Toshkent davlat texnika universiteti — Sirtqi
4 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — Sirtqi
5 Toshkent moliya instituti — Sirtqi
6 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti — Sirtqi
7 Toshkent davlat sharqshunoslik instituti — Sirtqi
8 Toshkent kimyo-texnologiya instituti — Sirtqi
9 Toshkent davlat pedagogika universiteti — Sirtqi
10 Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti — Sirtqi
11 Andijon mashinasozlik instituti — Sirtqi
12 Andijon davlat universiteti — Sirtqi
13 Buxoro davlat universiteti — Sirtqi
14 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti — Sirtqi
15 Guliston davlat universiteti — Sirtqi
16 Jizzax politexnika instituti — Sirtqi
17 Qoraqalpoq davlat universiteti — Sirtqi
18 Qarshi davlat universiteti — Sirtqi
19 Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti — Sirtqi
20 Namangan davlat universiteti — Sirtqi
21 Namangan muhandislik-qurilish instituti — Sirtqi
22 Namangan muhandislik-texnologiya instituti — Sirtqi
23 Samarqand davlat universiteti — Sirtqi
24 Samarqand davlat chet tillar instituti — Kunduzgi
25 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti - Sirtqi
26 Termiz davlat universiteti - Sirtqi
27 Farg‘ona davlat universiteti - Sirtqi
28 Farg‘ona politexnika instituti - Sirtqi
29 Urganch davlat universiteti - Sirtqi
30 Navoiy davlat pedagogika instituti - Sirtqi
31 Nukus davlat pedagogika instituti - Sirtqi
32 Jizzax davlat pedagogika instituti Sirtqi
33 Qo‘qon davlat pedagogika instituti - Sirtqi
34 Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti - Sirtqi
35 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti - Sirtqi
36 Toshkent davlat agrar universiteti - Sirtqi
37 Toshkent tibbiyot akademiyasi - Kunduzgi
38 Toshkent tibbiyot pediatriya instituti - Kunduzgi
39 Toshkent farmatsevtika instituti - Kunduzgi
40 Toshkent davlat stomatologiya instituti - Kunduzgi
41 Andijon tibbiyot instituti - Kunduzgi
42 Buxoro tibbiyot instituti - Kunduzgi
43 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi - Sirtqi
44 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti - Sirtqi
45 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti - Sirtqi
46 Milliy rassomlik va dizayn instituti - Sirtqi
47 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - Sirtqi
48 Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti - Sirtqi
49 Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti - Sirtqi
50 Toshkent arxitektura-qurilish instituti - Sirtqi
51 Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti - Sirtqi
Filologiya va tillarni o‘qitish (xorijiy tillar bo‘yicha, shu jumladan, rus tili), Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha), Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayoni kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.