Oʻzbekistondagi Sharda universitetida 2020-2021-yil uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Oʻzbekistondagi Sharda Universiteti Qabul Komissiyasi 2020-2021 yil uchun

hujjatlar qabuli boshlanganini eʼlon qildi. Hujjatlar 2020-yilning 15-avgustigacha

qabul qilinadi.

19.04.2020 Oʻzbekistondagi Sharda universitetida 2020-2021-yil uchun hujjatlar qabuli boshlandi! | GRANTLAR.UZ

Universitet Hindiston, Misr, Rossiya, Angliya va boshqa davlatlardan kelgan, oʻz

sohasining yetuk mutaxassislari, fan doktorlaridan saboq olish imkoniyatini taqdim

etadi.

Universitetda quyidagi yoʻnalishlar mavjud:

Bakalavriat/Bakalavriat (Hons)

MUHANDISLIK (B.Tech./ B.Tech.Hons.)

– Kompyuter fanlari&Muhandislik

– Kompyuter fanlari- Kiber xavfsizlik mutaxassisligi bo’yicha

– Articial Intelligence (Sun’iy ong)

– Elektr muhandislik

– Elektr muhandislik Biomedikal muhandislik mutaxassisligi bilan

– Elektr muhandislik elektr vositalar mutaxassisligi bilan

– Elektr muhandislik zamonaviy elektr tarmoqlari mutaxassisligi bilan

– Axborot texnologiyalari

– Elektronika va Kommunikatsiya muhandisligi

BIZNES (BBA/ BBA.Hons.)

– BBA – Biznes boshqaruvi

– BBA – kadrlar boshqaruvi

– BBA – Tadbirkorlik

– BBA – Marketing

– BBA – Xalqaro biznes

– Ingliz tili tayyorlov kursi

– Xalqaro Universitet Fast-Track dasturi

Sharda universitetiga kirishni xohlovchilar kamida IELTS 5.0 sertikatiga ega boʻlishi

yoki universitetning oʻzida tashkillashtiriluvchi IELTS testidan oʻtishi lozim.

Shuningdek, B.Tech yoʻnalishlariga kirishni xohlovchilar matematika, zika, kimyo

fanlaridan, BBA yoʻnalishlariga kirishni xohlovchilar esa matematika va logika

fanlaridan imtihon topshirishi kerak boʻladi.

Universitetda tayyorlov kurslari ham mavjud boʻlib, ularga IELTS talab qilinmaydi.

Shuningdek, universitet SUSAT (Sharda University Scholarship Admission Test)

natijasi va IELTS ballariga qarab talabalarga kontrakt summasining 20% dan 60%

gacha miqdorda grant ajratadi.

Kontrakt summalari B.Tech yoʻnalishlari uchun yiliga 5000 AQSH dollari, BBA

yoʻnalishlari uchun esa yiliga 4000 AQSH dollarini tashkil etadi. Shuningdek, talabalar

Universitetdagi yoʻnalishlardan biriga hujjat topshirish uchun

www.shardauniversity.uz (http://www.shardauniversity.uz/) sayti orqali online

roʻyxatdan oʻtish va onlayn arizani toʻldirish lozim.

Onlayn ariza toʻldirishda nomzodlardan quyidagi hujjatlar soʻraladi:

19.04.2020 Oʻzbekistondagi Sharda universitetida 2020-2021-yil uchun hujjatlar qabuli boshlandi! | GRANTLAR.UZ

https://grantlar.uz/blog/ozbekistondagi-sharda-universitetida-2020-2021-yil-uchun-hujjatlar-qabuli-boshlandi/ 3/8

Pasport nusxasi

Rasm

Kollej/litsey diploma yoki maktab shahodatnomasi hamda baholar

Hali shahodatnoma olmagan maktab oʻquvchilari oʻz maktablaridan maktabni

tugatganligi/tugatishi haqidagi maʼlumotnoma topshirishi mumkin.

Batafsil maʼlumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

+998978386010

+998990123659

Manzil: Andijon shahar 73, Bobur Chevrolet Avtosaloni roʻparasida, 222-damaslar

yoʻnalishida