Talaba akademik qarzdorligini qancha muddatda topshirishi kerak?

📌 Talaba akademik qarzdorligini qancha muddatda topshirishi kerak?


OTMda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom (https://lex.uz/docs/-3916793)ga koʻra, yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.


🔸Talaba uzrli sabablarga koʻra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.


🔹Bitiruvchi kurs boʻlmagan talabalar kuzgi semestr natijalari boʻyicha

3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan talabaga tegishli fan (fanlar) boʻyicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi oʻquv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.


🔸Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari boʻyicha oʻzlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.


🔹Fanlardan akademik qarzdorligi

4 ta va undan koʻp boʻlgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy taʼlim muassasasi rektorining (boshligʻining, filial direktorining) buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi.