Koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun ariza shakli
⏳ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 14 kun ichida koronavirusga chalinib, to‘liq sog‘aygan abituriyentlarga qayta test sinovi tashkil etiladi.
Bu haqda DTM ma’lumot berdi.
📧 Mazkur test sinovida ishtirok etish uchun abituriyentlar yoki ularning vakillari quyidagi ariza shaklini to‘ldirib, 16-avgustga qadar [email protected] elektron pochta manziliga yuborishlari kerak.
koronavirusga-chalinganlar-uchun-ariza-shakli
🔖 Bunda ariza bilan birga pasport nusxasi, “Abituriyent ruxsatnomasi” va abituriyent koronavirusga chalingani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim.
📌 Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etishning to‘liq tartibi bilan ushbu sxema orqali tanishishingiz mumkin.