Koʻpchilik abituriyentlar bir xil ball toʻplansa, lekin kvota soni kam boʻlsa nima boʻladi?

Koʻpchilik abituriyentlar bir xil ball toʻplansa, lekin kvota soni kam boʻlsa nima boʻladi?


Agar bir nechta abituriyent grant yoki kontraktning eng oxirgi chizigʻida bir xil ball toʻplasa, unda ulardan qaysi biri grant yoki kontraktga kirgan deb hisoblanadi?


✅ JAVOB QUYIDAGICHA:


• davlat grantiga 10 ta joy ajratilgan deylik. 9, 10, 11-oʻrinlardagi 3 nafar abituriyent bir xil ball toʻplagan. Bunday vaziyatda uchalasi ham davlat grantiga qabul qilinadi, davlat granti uchun qoʻshimcha joy ajratiladi;


• kontraktda ham xuddi shunday vaziyat. Kirish chizigʻining oxirida kvotadan koʻproq boʻlgan abituriyentlar bir xil ball toʻplagan boʻlsa, ularning barchasi oʻqishga kirgan deb hisoblanadi va qoʻshimcha joy ajratiladi;


• xuddi shu qoida bakalavr uchun ham, magistratura uchun ham birdek amal qiladi.