O’qishni ko’chirish (perevod) yangi tartibi haqida
2021 yil 15 iyuldan talabalar o‘qishini ko‘chirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
➖ o‘qishni xorijiy davlatlardagi (xalqaro 1 000 talik ro‘yxatga kirgan) oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh yo‘nalishlariga ko‘chirishda:
👉 alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha test o‘tkaziladi;
👉 test va kasbiy imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari joriy yil 25 iyulgacha, keyinchalik har yili 15 iyulgacha belgilanadi hamda OAVda e’lon qilinadi;
👉 o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
👉 test va kasbiy imtihonlar natijalari DTM hamda OTMning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi;
👉 o‘qishni xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.