Endi taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yilga beriladi

⚡️Endi taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yilga beriladi


Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston yoshlar va talabalar forumida taʼlim krediti berish tizimi haqida fikr bildirdi.


✅ Jumladan:


“Iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida oʻqish imkoniyati boʻlmagan yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim yaratamiz.


Maʼlumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda oʻqitish uchun 22-28 foiz stavkada taʼlim kreditini 3 yil muddatga olmoqdalar.


Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga ogʻirlik qilayotgani ham bor gap.


Shuni hisobga olib, yangi oʻquv yilidan barcha uchun taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, yaʼni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi.


“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi oʻqishning birinchi yili uchun, kontraktni byudjetdan toʻlab berish tartibi joriy etiladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.