Tojmahal HAQIDA

Tojmahal — Hindistondagi boburiylar sulolasi davriga oid meʼmoriy yodgorlik (1631 — 52). Agra sh. yaqinidagi Jamna daryosi boʻyida Shoh Jahon suyukli xotini Arjumandga (Mumtoz Mahal begim, Mumtoz Bibika Rauza nomlari bilan mashhur boʻlgan) atab vafotidan (1631 y. 7 iyul) soʻng qurdirgan. Keyinchalik oʻzi ham shu yerga dafn qilingan.


Maqbara (loyiha meʼmori Us to Ahmad Lahori) turk meʼmori Muhammad Isoxon afandi boshchiligida bunyod etilgan. T. murabba tarhli, 3 qavatli, 5 gumbazli. Marmar supa (104x|04×7 m) ustiga qurilgan. 4 burchagidagi ingichka minoralar (bal. 45 m) maqbaraga oʻzgacha husn bagʻishlagan. Devorlari oq marmar bilan qoplangan, turli rangdagi qimmatbaho toshlar (haqiq, marvarid, sadaf, qahrabo, zumrad, yoqut, fil suyagi va boshqalar)dan qadama naqshlar ishlangan. Bosh tarzi (eni 56,7 m) peshtoq ravokli. Maqbaraning old tomoniga 2 qator daraxtlar ekilgan, favvorali hovuz, gulzorlashtirilgan uzun yoʻlka bor.