Xiaomi 14T seriyasidagi yangi smartfonlar nimasi bilan hayratlanarli?

Xiaomi 14T seriyasidagi yangi smartfonlar nimasi bilan hayratlanarli?


⚙️Avvalo, yuqori darajadagi MediaTek Dimensity protsessorlari, innovatsion sovutish tizimi va ilg‘or Immortalis-G720 grafik protsessori bilan. AMOLED ekranining yangi avlodi, yuqori yangilanish chastotasi, sezgir sensorli boshqaruv va sunʼiy intellekt bilan birgalikda, bu smartfon oʻyinlar uchun ajoyib tanlovdir. Sunʼiy intellekt qurilma foydalanish sharoitlari va kunning vaqtiga qarab rang temperaturasi va yorugʻlikni moslashtirib, koʻzlar uchun qulaylikni saqlab turadi.


📸Ammo seriyaning asosiy jihati – foto va video kontent yaratuvchilar uchun mukammal moslama. Shuningdek, shunchaki mobil telefon orqali suratga olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun ham. Xiaomi 14T va Xiaomi 14T Pro kameralari Leica bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, mobil suratga olishni yangi bosqichga olib chiqadi. Hatto cheklangan yoritish sharoitlarida ham. Ular tungi sahnalarning chuqurligini va kunduzgi shahar manzaralarining yorqinligini mukammal tarzda aks ettiradi. Sunʼiy intellekt funksiyalari fotosuratlarda ham, videolarda ham ideal natijaga erishishga yordam beradi.


Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarga maxsus kafolat shartlari amal qiladi.