Qiziqarli topishmoqlar javobi bilan.

Qiziqarli topishmoqlar. Topishmoqlar javobi bilan. Topishmoqlar
O`zimizda qator soqchi,

Ko`zimizga qarab boq-chi?!

(Kiprik)


Qizigan bir kemam bor,

To`xtovsiz borib kelar.

Borib – kelgani sari

To`lqinlarni tekislar.

(Dazmol)


Kelib ketar bir yilda,

To`rt og`ayni har xilda

(Fasllar)


Ko`kda ko`rdim ko`prik,

Rangi – yeti turlik.

(Kamalak)


Cho`zilib yotar Narvon,

Undan o`tar uy- karvon.

(Poyezd yo`li)


Yuk ko`tarar burnida

Uy qurish bor bo`ynida.

(Quruvchi kran)


Uzoqdan boqdim: bir qora tosh,

Yoniga borsam, to`rt oyoq, bir bosh.

(Toshbaqa)


Hech ham tinim bilmaydi,

Lek joyidan jilmaydi.

(Soat)


Yorug`i bor, dovrug`i bor,

Izi yo`q, ovozi bor.

(Momaqaldiroq)


Safda o`n ikki askar,

Bo`yu basti barobar.

Yo`nsang yog`och po`stini,

Rasmlarga rang berar.

(Qalamlar)


Borar bir, kelar bir,

Baribir qo`shig`i: “g`ir – g`ir…”

(Arra)


O`rtog`im – ruchka, qalam,

Bir chiziq, katak – dalam.

(Daftar)


Boylasam yuradi,

Yechsam to`xtaydi.

(Poyafzal)


Oqdir dalasi, qoradir urug`i,

Qo`l bilan ekiladi, ko`z bilan o`riladi.

(Daftar va yozuv)


Qo`shig`i asli “qu – qu”,

Tongni qarshi olar u.

Ko`zdan qochsin deb uyqu,

Jar soluvchi so`zi shu.

(Xo`roz)


Qat – qat to`nli bu polvon,

Artib yig`ladi Javlon.

(Piyoz)


Daraxtlarning barglari,

Rang olar oltin misol.

Qay faslda, ayt, Muslim,

Yuz beradi shunday hol?!

(Kuz)


Xavf bo`lsa, koptok bo`lib,

Igna ko`rpa yopadi.

Zumda ko`z ochib turib,

Ilgarilab chopadi.

(Tipratikan)


Pishirsang, osh bo`lur,

Pishirmasang, qush bo`lur.

(Tuxum)


Ko`zlarimga qilib zo`rlik,

Tongda ketdi charchab, sho`rlik.

(Uyqu)


Dumi bor-u, ot emas,

Qanoti bor, qush emas.

(Baliq)


To`rt faslda bir xil libos –

Kiyib yashnar, mevasiz.

Aytsam, bog`ning ko`rki deysiz,

Siz ham uni sevasiz.

(Archa)


Bozordan oldim bir dona,

Ochib ko`rsam, ming dona.

(Anor)


Qishin – yozin bir xil libosda.

(Archa)


Yumshoq, lekin paxta emas,

G`irchillaydi, taxta emas.

Daraxtlarni kiyintirar,

Oppoqqina, yaxtak emas.

(Qor)


Hovuzga qopqoq bo`lar,

Ayni qish chog`i.

Bahor nafasi yelgach,

So`nar chirog`i.

(Muz)


Choyga solsam erib ketar,

Lazzatini berib ketar.

(Shakar)


Yozib umrin tugatar,

Serharakat shu qadar.

(Ruchka)