Tushda Mushuk ko’rsa

Tushda Mushuk ko’rsa
tush-tabiri
Mushuk — yovuz kuchlar, jodugarlar, uy shinamligi, muqaddas narsalar, omad timsoli. Ko’cha bo’ylab shahar tomon ketayotgan yo’l-yo’l mushukni tushda ko’rish — bunday tush yuqoridan donishmandlik olib keladigan ulug’ insonning paydo bo’lishi haqida darak beradigan mushuk yoki boshqa jonivor to’g’risida ma’lum qiladi. Sher kattaligidagi mushukning uy ostonasida yotganligi tushda ko’rinsa — tinchlik jonivorlarga nisbatan o’ylangan siyosatga bog’liqligini bildiradi. Qizil ko’zli qora mushuk tushda ko’rinsa — bunday tush 2023 yilni ifoda etadigan, qon to’kish bilan yakunlanishi ehtimoli bor yovuz niyatlardan shohidlik beradi. Sichqon terisidan qilingan uzun ust kiyimdagi mushukni tushda ko’rish — 2008 yildagi voqealar qasos olishga aylanib, 2011 yilda poyoniga yetadi. Tushda mushukni tasodifan o’ldirish — 2045 yilda Misrda o’ta xavfli xalqaro jinoyatchi qo’lga tushishini bildiradi. Mushuklar bilan to’ldirilgan shaharni tushda ko’rish — ekologik halokatdan, qurg’okchilikdan, ocharchilikdan dalolat beradi. Mushuk bolalari solingan savatni ko’tarib odamlar safi kuzatuvida saroy tomonga tantanali tarzda olib ketilayotganligi tushga kirsa — bu o’n yildan so’ng xokimiyat tepasiga juda kuchli va harakatlariga ta’rif yo’q kishi kelib, unga shunday xurmat ko’rsatilishidan va iloxiylashtirilishidan darak beradi. Bu davrni demokratiya va barcha soxalarda mustaqil bo’lishga erishilgan davr deb atash mumkin bo’ladi. Tushda bir gala mushuklarning katta ishga tashlanganliklari ko’rinsa, bu 2018 yilda yaxshilik bilan yovuzlik o’rtasida yirik to’qnashuv ro’y beradi va bu oilaviy hayotda hamda uy xo’jaligini yuritishda namoyon bo’lishini bildiradi. Agar yo’l-yo’lli mushukning qopqonga tushib qolganligi tushga kirsa — bu tush Alloh tomonidan berilgan, kishining o’zi ham bilmaydigan halokat yoki belgilangan jazoning ro’yobga oshirilishidan dalolatdir. Ko’k ko’zli qizil-sariq mushukni tush ko’rish, Yaponiya an’analariga daxl etuvchi bema’ni voqealardan ayon etadi. Natijada, bu mamlakat bilan va shu voqealarga aloqador davlat o’rtasidagi munosabatlar keskinlashadi. Xar xil lentalar toqilgan mushuklar juftligi tushga kirsa — 2047 yilda shunday voqealar ro’y beradiki, buning oqibatida shu davrgacha hech hamkor bo’lmagan davlatlarning xokimiyatlari va xalqlari mustaxkam birlashadi. Tushda mushuklarning kumush idishlarga vino quyayotganini ko’rish — 2011 yilda mashaqqat bilan ishlash va qonunga monand turmush tarzi natijasida muvaffaqiyatga va gullab-yanshashga erishiladi.