Tushda Shar ko’rsa

Tushda Shar ko’rsa
tush-tabiri
Tushda yer tomon uchayotgan olovli sharni ko’rish — bunday tush kelajakda yerga uni vayron qila oladigan katta meteorit xavf solayotganligidan xabardor etadi. Bunday tush ko’ruvchini baxtsizlik kutadi. Agar sizga yer shari tushda ko’rinsa, bu tush bizning sayyoramiz xavf ostida ekanligini ayon etadi. Binobarin, bu xavf tashqaridan kelmaydi, u kishilarning o’zidan vijudga keladi. Gap shundaki, sayyora axolisi bizning nozik yulduzda yashayotganligimizni va xayotning o’zi bizga yuksak darajada baxsh etilganligini unutib qo’yganlar. Xar bir mamlakat, hatto xar bir kishi nazarida o’zini o’zgalardan kuchli xisoblab, buni hammaga, qurol va kuch yordamida o’zining ustunligini butun dunyoga ko’rsatib qo’ymoqni istaydi.Tushingizda ulkan qora sharning Yerga yaqinlashayotganligini ko’rish — Yerga ekologik xaloqat xavf solayotganligini va bu turli zavodlar havoni zaxarlayotganligini, u tashlanayotgan chiqitlardan vujudga kelishini bildiradi. Shunday vaqt keladiki, Yerni kulrang budut koplaydi. Er yuzasida nur taratayotgan sharni tushda ko’rsangiz, bu tush Yerga boshqa sayyoralardan tirik mavjudotlar kelib, yerliklar bilan muloqotda bo’lishlarini va ularga ko’plab yangi, qiziqarli ma’lumotlarni so’zlab berishini bildiradi. Tush ko’ruvchiga bunday tush kelajakda uning noaniq. narsadan qattiq daxshatga tushishidan ogoh. etadi. Tushda olovli shardan qochish — daxshatli urush darakchisi. Ehtimol, bu ko’plab dunyo mamlakatlarini qamrab oladigan uchinchi jaxon urushi bo’lari. Tush ko’ruvchiga bunday tush mazkur urushda u nafaqat ko’p narsa yo’qotishini, balki ushbu daxshatli urushda hayot uchun emas, o’lim uchun faol ishtirok etishini bildiradi.