Tushda Voha ko’rsa
tush-tabiri
Voha — serxosillik va mo’l-ko’lchilik timsoli. Muzlik ichidagi vohani tushda ko’rish — shimoliy mamlakatlarda hayotning yaxshilanish alomatidir. Eng yaxshi davr dekabrdan fevral oyigacha bo’ladi. Tushda ko’plab turli yovvoyi xayvonlarning vohada yurganligini ko’rish — tabiiy boyliklarga boy bo’lgan janubiy mamlakatlardan biri bir qancha rivojlangan davlatlarning e’tiborini jalb qilganligini va ularning xar biri ushbu mamalakatda o’z ta’sirini o’rnatishni istayotganliklarini bildiradi. Xarob bo’lib borayotgan vohani tushda ko’rish — bu mavjud tinchlik-xotirjamlikning yer quyosh atrofini to’da aylanib bo’lgandan so’ng barham topishi alomatidir. Agar tushda voha tepasida o’lkan kulrang bulut paydo bo’lganligi ko’rinsa, bu tush qurg’oqchilik yoki boshqa sabablarga ko’ra hosilning nobud bo’lishiga olib keluvchi tabiiy ofatni ayon etadi. Voha izlab yurgan g’olibchi-jangchilar tushga kirsa, demak, foydasidan ko’ra ziyoni ko’proq bo’lgan yer resurslaridan foydalanganligi uchun joriy etilajak soliqdan dalolat beradi.