Tushda Yong’in ko’rsa
tush-tabiri
Yong’in — ishqibozlik, shaxvoniy istak, to’satdan g’oya kelishi, o’zgarish istagi timsolidir. Tushda yong’inni o’chirish – to’xtatish qiyin bo’ladigan, oldini olishning iloji yo’q uyushtirilgan harakatda g’alayonlar o’sib borishini bildiradi. Gulxan yoqishda qatnashishni tush ko’rish — hal qiluvchi o’zgarishlar alomati bo’lib, adolatsiz tarzda ig’vo qilishdan dalolat beradi, bunday tush muammolar va tartibsizliklarni bildiradi. Yong’indagi kishini qutqarib qolishni tushda ko’rish -uzoq, vaqt tinchlik bermagan, doimo zo’riqishda ushlab turgan va ko’p kuch talab etgan fojeali voqealar natijasi alomatidir. Xonadagi yong’inni tushda ko’rish — ikki tomonning kelishuvi bilan bo’ladigan xiyonat timsoli bo’lib, bu xiyonat natijasida eng kutilmagan sarguzashtlar, jamiyatda keskin o’zgarishlar ro’y beradi. Yong’inda yugurib borayotgan ot tushga kirsa — 2038 yilda asr davomidagi eng ko’p nikoh tuzilib, bu yil ko’pgina davlatlar uchun aholi ko’payishi muammolari hal etilishi boshlangan yil bo’lib qolishini bildiradi. Yong’indan so’ng qolgan kulni ko’rish — bu tush turar-joyga ega bo’lishni xoxlovchilar istagini ta’min etadigan yangi turar-joy loyixasi yaratilishi alomatidir. Chaqmoq natijasida paydo bo’lgan yong’inni tushda ko’rish — demak, o’z hayotingizdagi eng asosiy qishini g’ayrioddiy holatda uchratishingiz belgisidir.