ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN XAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?
⚡️SAVOL;
Men turmush o‘rtog‘im bilan 4 yildan beri birga yashamayman. O‘tgan vaqt mobaynida men aliment undirish uchun sudga murojaat qilmadim. Hozirgi kunda endi alimentga berdim va aliment undirish bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarildi. Savol shuki, men xozir turmush o‘rtog‘imdan o‘tgan 4 yil uchun xam aliment undirishim mumkinmi ?
⚡️JAVOB;
Oila kodeksining 136-moddasida, aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi deb ko‘rsatilgan. Ya’ni, aliment undirish uchun qachon ariza bersangiz o‘sha paytdan undiruv boshlanadi. O‘tgan vaqt uchun esa undirilmaydi.
Biroq👇
Ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkinligi xam ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan.
✏️ «Sudga ariza berishdan oldin aliment to‘lash to‘g‘risida men unga ming martalab aytganman, men uni ogoxlantirganman, aliment to‘lashi kerakligini bilar edi, lekin shu paytgacha to‘lamadi» kabi quruq gaplar alimentni sudgacha undirish choralari ko‘rilgan ekan degan narsaga olib kelmaydi. Sud aniq dalil va isbotlarga asoslanadi. Katta ehtimol bilan Sizda xam sudgacha aliment undirish choralarini ko‘rganingiz to‘g‘risida dalil-isbot yo‘q. Demak, Sizga aliment ariza bergan vaqtingizdan boshlab undirila boshlaydi.