BOG‘CHALARDA HODIMLARNING OYLIGIGA QO‘SHIMCHA HAQ TO‘LASH

BOG‘CHALARDA HODIMLARNING OYLIGIGA QO‘SHIMCHA HAQ TO‘LASH


📃 Vazirlar Mahkamasining 24.12.2019 yildagi 1030-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, bog‘chalarda xodimlarning maoshiga bir martalik qo‘shimcha haq ularning erishgan natijalardan kelib chiqib yoki quyidagi zarur shartlar bajarilganda beriladi:


✅ ko‘rik tanlovlardagi ishtiroki uchun lavozim maoshiga nisbatan:


👉 tuman va viloyat miqyosdagi natijalar uchun 15 foizgacha;

👉 respublika miqyosdagi natijalar uchun 20 foizgacha;


✅ o‘yin tamoyiliga asoslangan zamonaviy mashg‘ulotlarni tashkil qilganligi uchun 15 foizgacha;


✅ tarbiyalanuvchilarni ilm-fanga qiziqishini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun 20 foizgacha.