SUBSIDIYA BILAN UY-JOY OLISHDA «PROPISKA»GA QARALADIMI ?
⚡️SAVOL;
Men asli Qashqadaryolikman. Toshkent shaharda vaqtinchalik propiskada turaman. Shu vaqtinchalik propiskam bilan Toshkent shahardan subsidiyaga uy olsam bo‘ladimi ?
⚡️JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, uy-joy olish uchun subsidiya fuqarolarga ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyi bo‘lgan hudud doirasida ajratiladi deb ko‘rsatilgan.
✏️ Ya’ni, Sizga uy-joy uchun subsidiyalar asosan o‘zingiz doimiy propiskada turgan tuman yoki shahardan beriladi.
✅ Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlariga ajratilgan subsidiyalar ushbu hududdagi aholi tomonidan belgilangan taqsimot doirasida tuman yoki shahardan olishlari mumkin
✏️ Ya’ni, o‘zingiz yashab turgan joydan boshqa tumandan yoki yashab turgan viloyatingiz markazidan taqsimot bo‘yicha olsangiz bo‘ladi. Lekin, doimiy ro‘yxatingiz boshqa viloyatda bo‘lib, boshqa bir viloyatdan subsidiya orqali uy-joy ololmaysiz.
✏️ Toshkent shahridan uy olishni boshqa imkoniyatlaridan foydalanib shaharda uy olsangiz bo‘ladi lekin, aynan subsidiyadan foydalanib olish imkoniyati Sizda yo‘q.