BANKLARDAN MIKROQARZ OLISH.

BANKLARDAN MIKROQARZ OLISH.


⚡️SAVOL;

Men bankdan mikroqarz olmoqchi edim. Shu mikroqarzni men qancha miqdorda olishim mumkin va buning uchun mendan qanday xujjatlar talab qilinadi ?


⚡️JAVOB;

O‘zbekiston Respublikasining 15.09.2006 yildagi O‘RQ-50-son qonuniga ko‘ra, mikroqarz banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchiga 50 million so‘mdan oshmaydigan summada to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag‘laridir.


❗️Mikroqarz olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi.


🟢 Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;


🟢 Mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish to‘g‘risida buyurtmanoma;


🟢 Qarz oluvchining daromadlari miqdorini tasdiqlovchi hujjat;


🟢 Jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolati.


⚡️Demak siz yuqoridagi xujjatlarni taqdim qilgan holda 50 million so‘mgacha miqdorda mikroqarz olishingiz mumkin.