Nima uchun soatbaylarga ta’til puli (otpusknoy) tolanmaydi

Nima uchun soatbaylarga ta’til puli (otpusknoy) tolanmaydi❓


Chunki O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida qarorida (https://lex.uz/docs/4297777) oliy, professional va umumiy orta ta’lim muassasalarida soatbay dars biritirilganda mehnatga soatbay haq to‘lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan foizlarda tolanishi qayd etilgan.


✅ Xususan:


— Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari, o‘qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri mehnatga soatbay haq to‘lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.20 foiz;


— Akademik litseylarda pedagog xodimlarning ilmiy darajasi, unvoni yoki malaka toifasiga qarab mehnatga soatbay haq to‘lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.10 foizdan 1.65 foizgacha;


— Professional ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining ilmiy darajasi, unvoni yoki malaka toifasiga qarab mehnatga soatbay haq to‘lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.10 foizdan 1.45 foizgacha;


— Oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari uchun ularning ilmiy daraja va unvoniga qarab mehnatga soatbay haq to‘lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.04 foizdan 1.66 foizgacha haq tolanadi.


Bunda soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi kiritilgan. Shu tufayli soatbay dars o‘tgan xodimga ta’til puli to‘lanmaydi.