Kimlar temir daftardan chiqariladi.

Kimlar temir daftardan chiqariladi.


✔️ Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar quyidagi hollarda «Temir daftar»dan chiqariladi:


🟢 Bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda;


🟢 Bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish orqali muammosi hal etilganda oila a’zosining roziligi bilan;


🟢 Malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilganda;


🟢 To‘liq davlat ta’minotiga olinganda («Mehribonlik», «Saxovat» va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalarga o‘tkazilganda);


🟢 Aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;


🟢 Yolg‘iz yashaydigan ehtiyojmand fuqaro ozodlikdan mahrum etilganda yoki vafot etganda;


🟢 Oila a’zosining murojaatiga asosan;


🟢 «Temir daftar»ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda;


🟢 Ioshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda.


🟢 Ikki va undan ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan oilalarning barcha masalalari to‘liq hal etilganda.


🟢 Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib o‘tganda,


❗️Belgilangan tartibda va yuqoridagi holatlardan tashqari temir daftardan chiqarilishingiz noqonuniy xisoblanadi.