SAVOL; Men ipoteka shartnomasi asosida kreditga uy olgan edim. Xozirgi extiyojimdan kelib chiqib uyni sotmoqchi bo‘lsam menga bir tanishim uyni kreditini to‘lab bo‘lmagunimcha buni iloji yo‘q ekanligini aytyabdi. Shu to‘g‘rimi ?
JAVOB; Amaliyotda kreditga olingan uylar olingan kreditning ta’minoti sifatida garovga olinadi. Ya’ni, o‘rtada tuzilgan garov shartnomasiga asosan to kredit qarzdorligi to‘lanmaguncha o‘sha olgan uyingizga banklar tomonidan sotish uchun ta’qiq qo‘yilgan bo‘ladi.
❗️Bank bilan kelishib xal qilsa bo‘lmaydimi ?
✅ “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasida,➖ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulk, agar ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan sotish, hadya etish, ayirboshlash orqali yoki o‘zgacha usulda faqat ipotekaga oluvchi (Bank) ning roziligi bilan tasarrufdan chiqarilishi mumkingi ko‘rsatilgan.
Ya’ni, agar bank sizga mabodo o‘sha uyni sotishingiz uchun yozma ravishda rasman rozilik bersa shunda sotishingiz mumkin ekan lekin, amaliyotda banklardan bunday rozilikni olishdan ko‘ra oyga peshkom borib kelish usonroq.
❗️ Demak mutlaqo imkoni yo‘q ekanda ?
✅ Fuqarolik kodeksi 322-moddasida qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish degan narsa bor. Agar kredit bergan bank rozilik bersa, shu ipoteka kreditini boshqa bir to‘lovga layoqatli shaxsga (yangi qarzdorga, yoki siz sotmoqchi bo‘lgan o‘sha odamga) o‘tkazish mumkin.
❗️Bu qanday bajariladi ?
✅ Bunda siz bilan bank o‘rtasida tuzilgan shartnomaga o‘zgartirish kiritiladi va shartnoma bo‘yicha sizni zimmangizda bo‘lgan barcha majburiyatlar o‘sha shaxsga o‘tadi vassalom. Banklarning shu shartga rozi bo‘lish extimoli yo‘q emas.