🔴 Shaxsning sudlanganlik holati qachon tugatiladi ?
❗️Quyidagi muddatlarda shaxsning sudlanganlik holati tugatiladi;
✅ shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;
✅ majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
✅ jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin 1 yil o‘tgach;
✅ ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin — 2 yil o‘tgach;
✅ besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — 4 yil o‘tgach;
✅ besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — 7 yil o‘tgach;
✅ o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — 10 yil o‘tgach.
❗️Sudlanganlik holati olib tashlangan yoki tugatilgan shaxs sudlanmagan xisoblanadi.