It tishlab olsa yetkazilgan zarar uchun kim javobgar bo’ladi?
It tishlab olsa yetkazilgan zarar uchun kim javobgar bo’ladi? | Qo’zivoy yana qaytdi 😁
— Qo’zivoy yo’lda ketayotgan edi. Qo’shnisining iti chiqib qoldi va uni tishlab oldi. Qo’zivoy «uchastkavo’y»ga murojaat qildi va yetkazilgan zararni to’lashni talab qildi.
— O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1002-moddasiga asosan uy hayvoni tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning mulkdori yoki bu hayvonga egalik qiluvchi va undan foydalanuvchi shaxs umumiy asoslarda javobgar bo’ladi.
✅ Yuqoridagi qoidadan shuni xulosa qilish mumkinki Qo’zivoyning talabi qonuniy, uning qo’shnisi yetkazilgan zararni toʻlashi kerak.