Ikki avtomobil to’qnashib ketishi natijasida uchinchi shaxsga zarar yetsa zararni qoplash qanday bo’ladi?
Fuqarolik kodeksining 999-moddasiga asosan:
— Agar hodisa taraflardan birining aybi bilan ro’y bersa, o’sha taraf barcha zararni qoplaydi.
— Agar taraflarning ikkisi ham aybdor bo’lsa, har biri alohida tartibda aybi darajasida zararni qoplaydi. Taraflarning aybi darajasini aniqlashning imkoni bo’lmaganda esa zararni ikkala taraf teng miqdorda qoplaydi.
— Agar jabrlanuvchi uchinchi shaxsning qasddan sodir etgan harakati bilan unga zarar yetgan bo’lsa, hech kim javobgar bo’lmaydi.