Shaxsga doir ma’lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.
Shaxsga doir ma’lumotlar sub’ekti — shaxsga doir ma’lumotlar o‘ziga taalluqli bo‘lgan jismoniy shaxs.
Shaxsga doir ma’lumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solish Vazirlar Mahkamasi va shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Mulkdorning, operatorning va uchinchi shaxsning faoliyati maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan shaxsga doir ma’lumotlar bilan harakatlar shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishdir.
Shaxsga doir ma’lumotlarni muayyan shaxsga oshkor etishga qaratilgan harakatlar shaxsga doir ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlariga berish bepul asosda amalga oshiriladi.
Sub’ekt o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini berishni rad qilgan taqdirda, o‘zining rad qilishi sabablarini ko‘rsatmaslik huquqiga ega.
Shaxsga doir ma’lumotlar quyidagi hollarda yo‘q qilinadi:
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadiga erishilganda;
sub’ektning shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish uchun berilgan roziligi chaqirib olinganda;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishning sub’ekt bergan rozilik bilan belgilangan muddati o‘tganda;
sudning qarori qonuniy kuchga kirganda.
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasini ro‘yxatdan o‘tkazish ariza berish printsipi orqali xabardor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Axborot tizimidan davlat reestrini yuritish uchun foydalanish, shu jumladan ariza berish uchun tizimga kirish "Elektron hukumat" yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazish sxemasi.
Davlat reestridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslar tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.