Haydovchilarga harakatlanish tezligi bilan bog’liq quyidagi harakatlar taqiqlanadi:
— Tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko’rsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;
— Tezlikni transport vositasiga o’rnatilgan «Tezlik cheklangan» taniqlik belgisida ko’rsatilganidan oshirish;
— Zaruriyat bo’lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit berish;
— Yo’l-transport hodisasining oldini olish zaruriyati bo’lmaganda keskin tormoz berish.
🤔 Batafsil (https://lex.uz/docs/2850459#2866256)