Heyterlarga ham javobgarlik bormi?
— Qonun doirasidan kelib chiqsak, fikr va mulohazalar bildirish uchun hech kim javobgarlikka tortilmaydi. Ammo Konstitutsiyamizning 29-moddasi oxirgi bandiga binoan, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
— Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-bandiga ko’ra agarda heyter yoki boshqa shaxs ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilsa,
— bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.