Fuqarolar qancha miqdorda tovarlarni O’zbekistonga bepul olib kirsa bo’ladi?
Jismoniy shaxslar quyidagi miqdorlardagi tovarlarni bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan O‘zbekistonga olib kirishi mumkin:
— O‘zbekistonning xalqaro aeroportlari bojxona chegaralari orqali olib o‘tishda – $2000;
— O‘zbekiston Davlat chegaralarining temir yo‘l bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda – $1000;
— O‘zbekiston Davlat chegaralarining avtoyo‘l (piyoda) bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda – $300;
— xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun – bir kalendar chorak mobaynida $1000;
— xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun – $100.
Yuqoridagi qiymatdan oshgan mahsulotlarga belgilangan miqdorda soliq solinadi.
@NarxiQancha | Manba (https://lex.uz/docs/3551264)