TЕMIR DAFTARGA KIMLAR KIRITILADI,

TЕMIR DAFTARGA KIMLAR KIRITILADI,


⚡️⚡️⚡️ Hukumatning 250-son qarori bilan tasdiqlangan “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vaqtinchalik tartibning 4-bandiga asosan, Har bir sektor bo‘yicha mahallabay “Temir daftar”ga quyidagi toifadagi oilalar kiritiladi:


🟢 Belgilangan tartibda kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgan oilalar;


🟢 Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;


🟢 Kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;


🟢 Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;


🟢 Ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;


🟢 Mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;


🟢 Tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar


🟢 Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.


❗️Agar talabgor ayollar yoki yoshlar daftariga kiritilgan bo‘lsa va temir daftar talablariga xam to‘g‘ri kelsa unday oilalarning ro‘yxati o‘sha kiritilgan daftarlarida yuritiladi. Bir vaqtda xam birinchi daftarda xam ikkinchi daftarda yuritilmaydi.