Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik borligini bilasizmi?

Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik borligini bilasizmi?

Haqorat qilganlik – shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda (https://lex.uz/docs/97664) haqorat qilgan shaxsga nisbatan 4 460 000 so‘mdan 8 920 000 so‘mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Haqorat qilish nashr qilish, boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki OAV orqali amalga oshirilsa ushbu harakat to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoyat hisoblanadi va aybdor:

? 44 mln 600 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha jarima;

? 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

? 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

@NarxiQancha