Yozuvchilar adabiyot to‘g‘risida

Adabiyot — fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqinlarni so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to‘lqinlarni yaratmoqdir. Bu ta’rif adabiyotning to‘g‘ri ta’rifidir. Shu bilan yozilgan asarlarga adabiy asar deyiladir.

FITRAT



* * *

Adabiyot so‘zini tuzukkina anglatmoq uchun boshlab san’at ham go‘zal san’atlar degan so‘zni ta’rif qilib o‘tish lozimdir…

Go‘zal san’atlarda tovar (material) tovush ohang bo‘lsa, go‘zal san’at musiqiy bo‘ladir; bo‘yovlar, chiziqlar bo‘lsa, rasm bo‘ladir; tosh yo boshqa turli ma’dan esa haykalchilik bo‘ladir; tosh, yog‘och, kirpich, ganch turnoq (tuproq, loy) bo‘lsa, me’morlik bo‘ladir; tan, mug‘a (qo‘l, qosh, ko‘z) harakatlari esa o‘yin (tans) bo‘ladir; gap, so‘z esa adabiyot bo‘ladir…

Go‘zal sao‘atlarning mana shu olti turlari bir-biriga yaqinlashmoq e’tibori bilan ikki turkumga ayriladir. Adabiyot, musiqa, o‘yin (tans) — bir turkum; rasm, haykalchilik, me’morlik bir turkum bo‘ladir.

FITRAT

* * *

Adabiyot har bir millatning hisli ko‘ngil tarixining eng qorong‘u xonalarida maishat (tirikchilik) har xil tusda va rangda bitishgan, fayzli til birga taqdir etula olmaydirg‘on bir guldur. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda oning to‘lquni odamning har xil maishatiga qarab o‘zgaradur…

… Adabiyot chin ma’nosi ila o‘lgan, so‘ngan, qoralangan, o‘chgan, majruh, yarador ko‘ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qarab singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg‘on, o‘tkir yurak kirlarini yuvadurg‘on toza ma’rifat suvi, xiralagan oynalarimizni yorug‘ va ravshan qiladirg‘on buloq suvi bo‘lg‘onlig‘idan bizga g‘oyat kerakdir…

ChO‘LPON

* * *

Adabiyot — fikr ommasi, qalb hislari bilan doimo sayqallanadigan, to‘xtashni bilmaydigan, borgan sari hamisha nurlanishi, chaqnashi oshib boradigan bir soha…

… Adabiyot turmushni aks ettiradi, turmushdagi voqealar, hodisalar, fikr va tuyg‘ularni umumiylashtirib, obrazlar bilan turmushni, dunyoni anglashga tirishadi…

… Adabiyotimizning tasvir obekti — xalqimiz turmushi. U o‘z taraqqiyotida xalq hayotini, kurashini, orzu-armonlarini, his-tuyg‘ularini, fikr-xayollarini yangi jamiyat qurish yo‘lidagi faoliyatini badiiy aks ettirib rivojlandi, benihoya yutuqlarni qo‘lga kiritdi…

OYBEK

* * *

Adabiy asarlar turmushni jonli ko‘rsatib, odamlarning fikr va tuyg‘ulariga kuchli ta’sir qiladi. Badiiy chuqur, fikr-his jihatidan to‘la adabiy asarlar o‘quvchini uzoq vaqt bog‘lab, asir qilib oladi. Adabiyot turmushni abstrakt (mavhum) tushuntir-may, konkret (aniq) badiiy umumlashtirib, jonli anglatadi.

Adabiy asarlar ila ma’lum bir yo‘nalishda ommani tarbiya qilish, madaniy saviyasini, zavqini ko‘rsatish mumkin. Davrni to‘lqinlantirgan ulug‘ ideyalar, vazifalar, millionlarning hayotida ko‘rilgan o‘zgarishlar san’at asarlarida tajassumlanishi kerak.

Adabiyot xalqning jon-tani bo‘lgan bir ishdir, shuning uchun bizning bu sohadagi har bir muvaffaqiyatimizni, may-donga chiqqan har bir qimmatli asarni xalq o‘z g‘alabasi, deb biladi.

OYBEK

* * *

Adabiyot — ko‘ngil ishi, ilhom samarasi. Tuyg‘usiz, ilhom-siz yozilgan asar changlanmagan gulga o‘xshaydi — meva tug-maydi. Ko‘ngil rozi bo‘lgan asargina kitobxonning ko‘ngliga yoi topadi, kitobxonning ko‘nglida meva tugadi…

… Quyosh, havo, yer, suv barcha jonvor va ko‘katlarga ozuqa berganidek, xalq hayoti yozuvchiga ilhom beradi. Yozuvchi qanchalik iste’dodli, uning qalam tutgan qo‘Ii qan-chalik tajribali bo‘lsa, xalq undan shunchalik chuqurroq minnatdor bo‘ladi, uning ijodini, umuman, Adabiyotni shunchalik chuqurroq hurmat qiladi.

Abdulla QAHHOR

* * *

San’at asari chaqmoq, mushak, kamalak singari lahzani obod qiladigan umri qisqa, mag‘zi puch go‘zallik emas, balki adabiyotni bezaydigan, umri boqiy va mag‘zi to‘q go‘zallikdir…

… o‘qishli kitob go‘zallikdir, lekin go‘zallikda ham go‘zallik bor. Qorong‘i kechada otilgan mushak ham go‘zal, quyosh-ga qarab xandon tashlab turgan gul ham go‘zal. Osmonda sochilib ketgan rang-barang olov va oqish izlar go‘zalligi qamashtirsa ham puch go‘zallik, shuning uchun bebahodir. Gulning go‘zalligi esa to‘q go‘zallik, chunki uning bag‘rida hayot bor, shuning uchun abadiy go‘zallikdir. g‘uncha guldan ham go‘zalroq, chunki uning bag‘rida ikki hayot — o‘z hayoti va yana gul hayoti bor.

Abdulla QAHHOR

* * *

Lirika — inson qalbini, zamondoshimiz qalbini kashf etish, uning orzu va intilishlarini, muqarrar dramalarini idrok etisb demakdir. Kishilarning ruhiy olami nechog‘lik chuqur payqab va ilg‘ab olinsa, she’riyat shu qadar boy va ta’sirchan bo‘ladi. Lekin kashf etish fikr qilish, o‘ylash demakdir. Hozirgi zamon she’riyatining mohiyati, rivojlanishining asosiy yo‘nalishi ham ana shundadir…

… Mening hayotimda o‘ta baxtli kunlar ham, musibatli oniar ham ko‘p bo‘ldi. Biroq hatto og‘ir, mushkul daqiqalarda ham o‘zimning dard-u hasratlarimni she’rga tushirarkanman, meni muhabbatimning g‘olib qudrati hech qachon tark etma-di. Mening shaxsiy hayotim — xalq hayotining bir zarrasi. Men xuddi shunda ham grajdanlikning ifodasini ko‘raman.

ZULFIYa

* * *

Qatrada quyosh aks etganidek, lirikaning eng kichik janri-da ham katta hayotiy mazmun va olijanob tuyg‘ular ifoda etiladi. Shuning uchun ham u qiyin, shuning uchun ham u san’at asari, deb yuksak qadrlanadi… Ammo ba’zi bir shoirlarimizda kichik janrlarga nisbatan o‘ta mas’uliyatsizlik bilan yondoshilayotganligi sezilib qolmoqda. o‘zbek poeziyasining quyoshi deb ataganimiz Alisher Navoiyning ham umr bo‘yi yozgan ruboiylari barmoq bilan sanarlidir. Biroq bu ruboiylaming har birida bir jahon mazmun bor.

ZULFIYa

* * *

She’r — tuyg‘ular, hayotdan olingan taassurot va tafakkurlar mevasi!..

… Tuyg‘ular! She’r — tuyg‘ular farzandi. Chuqur fikrlar, yoniq, samimiy hislar farzandi bo‘ladi she’r…

ZULFIYa

* * *

Fransuz faylasufi Gelvetsiy: «She’r yo yuksak cho‘qqilarda, yoki g‘orlarda yaratiladi», deydi. Darhaqiqat, she’r inson ruhining birmuncha g‘ayritabiiy, ayricha holatidan tug‘iladiki, zukko faylasuf buni obrazli qilib ifoda etgan. o‘sha cheksiz ufqlar, sirli miltiragan sonsiz yulduzlar kimda ham his-tuyg‘ular uyg‘otmaydi, deysiz! Albatta, hammada ham. Faqat ijod dardiga chalingan odamda bu tuyg‘u cheksiz armonga, go‘zal iztirobga, qondirilishi nihoyatda zarur bo‘lgan ehtiyojga aylanadi.

Abdulla ORIPOV

* * *

She’r shoir qalbida tug‘ilgan hayotiy tuyg‘ularni ifoda qila-di va shu bilan o‘quvchi yuragini rom qiladi. Shoir o‘zi yonmasa, boshqalarni yondirolmaydi, qalb hislarida otash bo‘lmasa, boshqa qalblarga harorat berolmaydi. Bu sehrli otashsiz har qanday she’riy jimjimalardan, badiiy vositalardan, mahoratdan naf yo‘q.

Erkin VOHIDOV

* * *

Inson yuragi ham bir olam. Uning ham bahor va kuzlari, tong va tunlari, orom va zilzilalari bor. She’riyat yurak sadosi bo‘lganidan ana shu murakkab tuyg‘ular olamini ifoda qiladi. Shuning uchun ham bir she’rni o‘qib quvonsak, ko‘ksimiz g‘urur va iftixor tuyg‘ulariga to‘lsa, ikkinchi bir she’rni o‘qib, hayolga tushamiz, inson dardlariga oshno bo‘lamiz.

Shoirlikxo‘sha tuyg‘ulaming tabiiyligi va haqqoniyligiga she’rxonni ishontira olishdir.

Ishontira olish — iste’dodning ibtidosi.

Erkin VOHIDOV

* * *

Aziz va yosh do‘stlarim!.. She’riyat quyoshi, musiqasining sehrli kuylari, bahor shabadasi kabi, sizning qalbingizga eng go‘zal inson husnini beradi, eng nafis zavq bag‘ishlaydi. She’r va muzika dunyosida xulqingiz nozik go‘zaUik, chuqur hissiyot kashf etadi.

OYBEK

ziyouz.uz