Test sifatiga shubha bo’lmasa, unda ovulyatsiya kunini bilish kerak bo’ladi. Uni aniqlash uchun hayz sikli davomiyligini bilish kerak. Masalan oxirgi marta hayz 1-aprel kuni kelgan bo’lsa, sikl davomiyligi 28 kun bo’lsa, unda:
Keyingi hayz kelishi kuni aniqlanadi (davomiylik 28 kun bo’lsa, demak 28-aprelda)
Ovulyatsiya kuni keyingi hayz kelishidan 14 kun oldin sodir bo’lishi inobatga olinsa, uning kunini aniqlash uchun 28-apreldan 14 kun ayirib tashlanadi, demak 14-aprel kuni ovulyatsiya bo’lgan
Homiladorlikka test ovulyatsiyadan 12-14 kun o’tgach to’g’ri natija beradi, demak 26-28-aprel kunlaridan boshlab o’lchangan bo’lsa, natijalar ishonchli bo’lishi kerak.
Shubha bo’lsa yaxshisi ginekologga borib qo’ya qolish zarur.